So’nggi yangiliklar

15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  4 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  2 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  4 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3 09:38“Рома“ уч нафар футболчини 30 июнга қадар сотиши шарт  8

"Arsenal", "Manchester Siti", "Lester" va "Tottenxem". Qaysi klub APL g'olibi bo'ladi? Yangiliklar

"Arsenal", "Manchester Siti", "Lester" va "Tottenxem". Qaysi klub APL g'olibi bo'ladi?

Angliya Premer-ligasi tarixida hech qachon joriy mavsumdagidagi kabi etakchi bunchalik ko'p o'zgarmagan.

SHunga o'xshash holat 2001/02 mavsumda kuzatilgan va o'sha mavsum "Arsenal" chempionga aylangan, keyingi o'rinlarni "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Nyukasl" egallagan.

"Arsenal" g'olib bo'lgan mavsumda "to'pchilar" birinchi o'rin taxtini sakkiz marotaba alamashgan. Joriy mavsum ham o'shanisiga o'xshash bo'lishi ehtimoldan holi emas. Ayni damda chempionlik uchun "Lester", "Manchester Siti", "Arsenal" va "Tottenxem" kurash olib boryapti.

Bu to'rt jamoaning ijobiy va salbiy jihatlarini sanab o'tishga qaror qildik.

"LESTER SITI" - 47 ochko


Ijobiy: Jeymi Vardi va Riyad Marez Premer-liga to'purarlar ro'yxatining kuchli beshligidan joy olgan va bu ikki futbolchi o'z faoliyati davomidagi eng kuchli mavsumni o'tkazmoqda. Yozda jamoa yarim himoyachilari Kante va Drinuoter grand klublar safida paydo bo'lishi mumkin. Bu o'yinchilarning futboldagi buvasi Klaudio Raneri o'z nevaralarini asta-sekinlik bilan muvaffaqiyatga etaklamoqda.

Salbiy: Tarix ularning foydasiga ishlamayapti. Premer-liga yaratilganidan beri (1992 yil) faqat birgina klub grand jamoalarni ortda qoldirib chempion bo'lgan. Bu muvaffaqiyatga "Blekbern" 1994/95 mavsumda erishgan. Qolgan yillarda esa faqat "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Manchester Siti" va "CHelsi" chempionlikka erishgan.


"MANCHESTER SITI" - 44 ochko


Ijobiy: Ko'pchilik "Lester" bir kun kelib pastga sho'ng'ishini kutyapti, to'g'rimi? "Siti" esa "tulkilar" ortidan quvayotgan eng yaqin jamoa hisoblanadi. "Manchester Siti" mavsumning katta qismini o'zining uch etakchisi - Serxio Aguero, David Silva va Vensan Kompanisiz o'tkazdi. Ayni damda ularning ikki nafari safga qaytgan va Kompani ham tez orada murabbiylar tasarrufida bo'ladi.

Salbiy: Jamoa mehmonda juda rasvo o'yin ko'rsatmoqda. Ular Premer-liganing mehmondagi so'ngi olti uchrashuvida faqat bir marotaba g'olib bo'lishdi. Agar ular o'z holatini to'g'irlashmasa, chempionlik ham o'ylashmasa ham bo'laveradi.


"ARSENAL" - 44 ochko


Ijobiy: Bu jamoaning hech bir raqibi etakchilik qilmayapti. Odatda "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" yoki "CHelsi" mavsum boshida turnir jadvalining cho'qqisiga ko'tarilib olib, Premer-ligada hukmronlik o'rnatadi, ammo joriy mavsum hammasi aksincha bo'ldi va bunga klublarning o'zi aybdor.

Salbiy: Tarix "Arsenal" foydasiga ham ishlamayapti. Ular juda ko'p marotaba chempionlikka yaqin kelishgan, ammo imkoniyatlarning ko'pini ular ko'kka sovurishgan. Mana 14 yildirki "Arsenal" Premer-liga chempioni bo'la olmayapti.


"TOTTENXEM" - 42 ochko


Ijobiy: Maurisio Pochettino so'nggi bir necha oyda eng yaxshi murabbiylar safidaligi aytilmoqda. Agar uning jamoasi o'z o'yinini ko'rsatishni boshlasa har qanday klub "shporlar"ning yo'lini to'sa olmay qolyapti. Dele Alli yil kashfiyotiga aylandi, Keyn esa tasodif tufayli Premer-liga to'purarlari ro'yxatida emasligini isbotladi.

Salbiy: Ushbu jamoa tarkibi Premer-ligadagi eng yoshi hisoblanadi. "SHpor"larning barqaror o'yin ko'rsata olmasligi jamoaga tasir qilishi mumkin, ammo hammasini vaqt ko'rsatadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика