"Arsenal" La Liga to'purarlaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqchi
26 jan 2022 13:30
Yangiliklar


"Arsenal" La Liga to'purarlaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Espanol" hujumchisi Raul de Tomas faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
27 yoshli forvardga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" o'yinchi bilan ushbu transfer oynasida shartnoma imzolamoqchi edilar, ammo hozircha Kataloniya klubi bilan kelishuvga erishilmadi.
Londonliklar de Tomasni yarim yilga ijaraga olishmoqchi, "Espanol" esa to'laqonli transferni talab qilmoqda.
Raul joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etib, to'purarlar poygasida uchinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar