"Arsenal" Jakani "Roma"ga 14+3 mln evro evaziga sotishga rozi bo'lmadi. Londonliklar 23-25 mln talab qilishmoqda
07 iyu 2021 12:34
Yangiliklar
"Arsenal" Jakani "Roma"ga 14+3 mln evro evaziga sotishga rozi bo'lmadi. Londonliklar 23-25 mln talab qilishmoqda
"Roma" "Arsenal" bilan 4 yillik shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgan yarim himoyachi Granit Jakaning transferi bo'yicha kelisha olmayapti.
Rimliklar SHveycariya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisiga 14 million evro+3 million evro bonuslar ko'rinishida taklif berdi, ammo London klubi rad javobini berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Arsenal" Jakaning sotuvidan 23-25 mln ishlab olmoqchi.
Fikrlar