"Arsenal" Ispaniyadan o'z tarkbini kuchaytirmoqchi
17 noy 2019 16:58
Yangiliklar


"Arsenal" Ispaniyadan o'z tarkbini kuchaytirmoqchi
"Arsenal" ushbu mavsum APLda 12 o'yinda 17 gol qo'yib yubordi.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati qishdayoq ushbu hunuk holatga barham berishmoqchi. Ayni damda klub nishonida "Vilyareal" himoyachisi Pau Torres bo'lib turibdi. Qayd etilishicha, londonliklar futbolchi uchun 50 million evrodan voz kechishga tayyor.
22 yoshli Torres ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 13 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi. Juma kuni u Ispaniya termasi tarkibida Maltaga qarshi uchrashuvda ham qatnashishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar