"Arsenal" Islandiya terma jamoasi darvozaboni bilan kelishib oldi
17 sen 2020 01:23
Yangiliklar


"Arsenal" Islandiya terma jamoasi darvozaboni bilan kelishib oldi
"Dijon"ning islandiyalik darvozaboni Runar Runarsson Londonning "Arsenal" jamoasiga o'tadi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, klublar allaqachon hamma narsani kelishib olishgan. Darvozabon ingliz klubi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi. Yaqin kunlarda transfer amalga oshiriladi. Runarsson "Arsenal"da "Aston Villa"ga o'tgan Emiliano Martinesning o'rnini egallaydi.
25 yoshli Runarsson 2018 yildan beri "Dijon" darvozasini qo'riqlab kelmoqda, u ushbu klub tarkibida barcha musobaqalarda 45 uchrashuv o'tkazib, 78 ta gol o'tkazib yuborgan. U Islandiya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar