"Arsenal" himoyachisiga La Liganing 3 klubi qiziqmoqda
13 apr 2020 13:14
Yangiliklar
"Arsenal" himoyachisiga La Liganing 3 klubi qiziqmoqda
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.
25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Atletiko", "Sevilya" va "Betis" klublari qiziqish bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, ispaniyalik futbolchi boshqa Evropa klublariga o'tish uchun ochiq va ularning takliflarini ko'rib chiqadi.
Eslatib o'tamiz, Belerin 2013 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qiladi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Belerin joriy mavsum "Arsenal" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar