"Arsenal" himoyachisi kecha maydonni zambilda tark etdi
28 jan 2020 15:38
Yangiliklar


"Arsenal" himoyachisi kecha maydonni zambilda tark etdi
Kecha Angliya kubogi 1/16 final doirasida "Arsenal" jamoasi "Bornmut" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
AFC Bournemouth Sam Surridge - 90' |
FA Cup . 4-tur 28/01/2020, 01:00 2
:
1
Tugadi
|
Arsenal Bukayo Saka - 5', Edward Nketiah - 26' |
Stadion: Vitality Stadium, 10308 tomoshabin
45'
90'
Londonliklarning germaniyalik himoyachisi SHkodran Mustafi ana shu uchrashuvda jarohat oldi.
58-daqiqada Mustafi "Arsenal" darvozaboni Damian Martines bilan to'qnashib ketdi va o'yinni davom ettira olmadi. To'qnashuvdan so'ng futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishdi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta esa o'yindan keyin bu yaxshi yangilik emasligini aytib o'tdi.
Mustafi "Arsenal"ga 2016 yil "Valensiya"dan o'tgan. Joriy mavsum 27 yoshli himoyachi 12ta o'yin o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar