“Arsenal” Grilish uchun kurashga qo'shildi
30 iyu 2020 08:05
Yangiliklar
“Arsenal” Grilish uchun kurashga qo'shildi
“Aston Villa” etakchisiga ko'plab klublar xaridor bo'lib turibdi.
Londonning “Arsenal” klubi Jek Grilish uchun kurashga qo'shildi. 24 yoshli futbolchiga davogarlar qatorida “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” ham bor. Qayd etilishicha, mazkur klublar Grilish uchun “Aston Villa”ga 50-60 mln funt to'lashga tayyor. Ammo klub uni 80 mln funtdan kamiga sotmoqchi emas.
Grilishning “Villa” bilan kelishuvi 2023 yil yozida yakuniga etadi.
Fikrlar