"Arsenal" etakchisi MYU bilan o'yinda ishlagan hakamlarni tanqid qildi
05 sen 2022 11:28
Yangiliklar
"Arsenal" etakchisi MYU bilan o'yinda ishlagan hakamlarni tanqid qildi
Edegorning fikricha, Pol Tirni boshchiligidagi hakamlar xato qilishdi.
"Arsenal" yarim himoyachisi Martin Edegor "Manchester Yunayted"ga qarshi (1:3) o'yin boshida londonliklarning goli hisobga olinmagan epizod haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Menimcha, bu umuman qoidabuzarlik emas. Kichik to'qnashuv bo'ldi va VAR aralashuvi uchun qoidabuzarlik aniq va ravshan bo'lishi kerak. Hammasi juda-juda yumshoq edi. Takrorlash vaqtida vaziyatni eng yomon ko'rinishda taqdim etish mumkin. Bu qo'pollik emasdi, shuning uchun hakam o'yinni davom ettirishni aytdi", – dedi Edegor.
Edegor joriy mavsum Premer-liga doirasidagi 6 ta o'yinda 3 ta gol urdi.
Fikrlar