"Arsenal" El-Neni bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
17 iyu 2021 11:01
Yangiliklar
"Arsenal" El-Neni bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
Yarim himoyachi Muhammad El-Neni "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
London klubi 28 yoshli misrlik futbolchi bilan muzokaralarni apreldayoq boshlagan edi.
El-Nenining amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Futbolchi "kanonirlar" tarkibida 2016 yildan beri o'ynaydi.
Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum Angliya chempionatida 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar