“Arsenal” Destroga qiziqmoqda
10 jan 2014 10:47
Yangiliklar


“Arsenal” Destroga qiziqmoqda
“Roma” klubi hujumchisi Mattia Destro, “Arsenal” klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi.
“Kanonirlar” rahbariyati 22 yoshli futbolchining agenti Klaudio Vigorelli bilan bog'lanishgan, deb xabar beradi Panorama.
Manbaning xabariga ko'ra, “Arsenal” Destroni mavsum so'ngida sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.
Takidlanishicha “Roma” hujumchini qo'yib yuborishgan tayyor, chunki kelasi mavsumdan rimliklar tarkibiga Antonio Sanabriya, Leandro Paredes va Xuan Iturbe ham qo'shilishi mumkin.
Ushbu mavsum A seriyasining 4 ta o'yinida ishtirok etgan Destro, 3 ta gol urgan va 1 golli to'p uzatishni amalga oshirgan.

Fikrlar