"Arsenal" CHuameni uchun kurashga qo'shildi
03 may 2022 18:01
Yangiliklar


"Arsenal" CHuameni uchun kurashga qo'shildi
Londonning "Arsenal" klubi yozda "Monako" yarim himoyachisi Orelen CHuamenining transferi uchun kurashadigan klublar safiga kirdi.
Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, xavbek "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning yarim himoyani kuchaytirish uchun bosh variantlaridan biri hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq CHuameniga shuningdek "Manchester Siti", "Liverpul", "CHelsi", "Real" va PSJ qiziqayotganligi aytilgan edi. O'yinchining o'zi chet el chempionatiga yo'l olmoqchi.
"Arsenal" CHuamenining xarididan tashqari o'z tarkibini hujumchi bilan kuchaytirmoqchi. Bosh maqsadlardan biri "Benfika" hujumchisi Darvin Nunesdir.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar