So’nggi yangiliklar

02:07Марадонанинг истеъфоси – 48 соат  1 02:00Хабиб Нурмагомедов Ўзбекистондаги мухлислари билан учрашди (эксклюзив ФОТОГАЛЕРЕЯ)  0 01:44Эдерсон "Челси"га қарши учрашувда майдонга қайтиши мумкин  0 00:43Мана ўша рўйхат. Қитъадошимиз ҳам кучли ўнликда  13 00:27"Олти тўп-2019". Якуний натижалар интернет тармоқларида тарқалиб кетди. Яна Роналдуми?  30 23:57Бентеке "Кристал Пэлас"ни тарк этиб, кучлироқ клубга ўтмоқчи  0 23:48Депай "Лион" сардори этиб тайинланди  0 23:28"Астон Вилла" "Атлетико"нинг собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:11Роналду жамоадошларидан узр сўрамади  19 23:05Дани Себальос бўлажак ўйинларда "Арсенал"га ёрдам беролмайди  0 22:47Рикардо Родригес қишда "Милан"ни тарк этиши мумкин  2 22:32Жозе Моуринью: "Менга янги ўйинчилар керак эмас"  15 22:15Куадрадо ва "Ювентус" ўртасидаги ҳамкорлик давом этади  1 21:57Энг содиқ футболчилар. Месси учинчи ўринда  16 21:45Пеллегрини: "Моуриньо дўстим эмас, аммо..."  2

"Arsenal" boshqaruviga yangi murabbiy kelsa, klubning tarkibi qanday ko'rinishga kelishi mumkin? (maqola) Yangiliklar

"Arsenal" boshqaruviga yangi murabbiy kelsa, klubning tarkibi qanday ko'rinishga kelishi mumkin? (maqola)

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emerining o'rnini boshqa murabbiy egallasa, londonliklar tarkibi qay darajada o'zgarishi mumkin?

Avval, Emerining ishlari haqida qisqacha aytib o'tmoqchimiz. Unai Emerining "Arsenal"ga kelishi 2018 yilning may oyiga to'g'ri kelgandi. O'shanda u 22 yillik faoliyatidan keyin, "to'pchilar"ning yuragi bo'lib qolgan, Arsen Venger o'rnini egallagandi. Klub xo'jayini Sten Kronke Vengerni qanday hurmat ila kuzatib qo'yganini eslasangiz kerak (2003/2004 yilgi mavsum Venger boshchiligida "Arsenal" APLning birorta o'yinida mag'lub bo'lmay, chempion bo'lgan). 




Hozirda Vengerning o'rnini bosishi kutilgan Emeri o'zini maksimal darajada ko'rsata olmayapti va klub rahbariyati bir necha nomzodlarni o'rganib chiqmoqda.


Ulardan biri, italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegri. 52 yoshli murabbiy 2014-2019 yillarda "Yuventus"dagi faoliyati davomida har mavsum A Seriya chempioni bo'lgan va ikki marotaba CHempionlar ligasi finaliga etib borib, "keksa senora"ning mavqeini qayta tiklagan. Allegri hozir ishsiz va uning "Arsenal"ga kelishi qiziqarli tanlov bo'lishi mumkin. Boisi, u Italiyadan tashqarida ishlab ko'rmagan (boshqargan klublari: "Aglianeze", SPAL, "Grosseto", "Sassuolo", "Kalyari", "Milan", Yuventus). Ammo, so'nggi ikki klubida juda olovli ijod qilganini bilasiz. Ammo, Allegri "Arsenal"ga nima bera olishi mumkin? Tarkib qanday ko'rinishga keladi? Taxminiy tarkib quyidagicha bo'lishi kutilmoqda.



3-5-2 taktikasi "Yuventus"ni Evropada eng kuchli mudofaa chizig'iga ega jamoaga aylantirgan. Himoya uchligidan Sokratis, David Luiz va Rob Xolding o'rin olishi, Belerin va Kiran Tirnilar esa qanotdan hujumlarga qo'shilishi, Torreyra, Genduzi va Sebalos uchligi markaziy yarim himoyada o'ynashi, Lyakazett va Obameyang hujum chizig'ida bo'lishi haqiqatga yaqinroq, deya "Squawka" nashri ijodkorlari o'z variantlarini taqdim etishgan.

Bugday tarkib, albatta chaqilmaydigan qattiq jamoaga aylanishiga olib kelishi mumkin va natijalar ham ijobiy bo'lishi katta ehtimol, deya qo'shimcha qilgan yuqorida keltirilgan nashr jurnalisti Muhammad Muallim.


Ikkinchi muqobil variant sifatida Joze Mourino nomzodi ham ilgari surilgan. Inqiroz davrida tez-tez umidsiz o'lchovlarga murojaat etiladi. 2016 yilda "Manchester Yunayted" Lui van Gaaldan keyin shunday holga tushib qolgandi. Mourino esa shu pallada javobgarlikni o'z qo'liga ola bildi va MYU bilan Evropa ligasi g'olibi va Angliya kubogi sohibiga aylandi. To'g'ri, "Special One" Ser Aleksning natijasini takrorlay olish tugul, yaqiniga ham kelgani yo'q. Ammo, klubning o'yinida ijobiy o'zgarishlar kuzatilgandi. Uning 4 mamlakat chempioni bo'lgan yagona murabbiy ekanini unutmaslik kerak (Portugaliya, Angliya, Italiya, Ispaniya). Mourino nazarimizda quyidagicha tarkibni tanlagan bo'lardi, deya takidladi Muhammad Muallim.



4-2-3-1 taktikasida "Portu" bilan porladi va "Inter" jamoasi bilan trebl qayd etgani ham yodingizda bo'lsa kerak. Albatta, markazga katta etibor qaratadigan Mour janoblari Genduzi, Torreyra va O'zil xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Darvoqe, Mesut O'zil "Real"da Mourino qo'lostida ulg'aygan va 157 o'yinda 27 gol, 80 assist muallifiga aylanganini qo'shimcha qilib ketish o'rinli. Joze "Inter"da markazni Snayderga topshirgani kabi, "kanonirlar"da bu ishni germaniyalik yarim himoyachi zimmasiga yuklashi ehtimoldan holi emas. Qanotlarda Obameyang va Pepe markaziy forvard Lyakazettni yolg'izlatib qo'ymaslik uchun tushiriladi. Belerin va Tirni ham ushbu tarkibda qarshi hujumlarda juda katta hajmdagi ishni bajarishi kutiladi, deydi "Squawka" jurnalisti.


Arsen Venger kashfiyoti Mikel Arteta

Arteta franciyalik mutaxassisning omadli topilmalaridan biri. Sobiq "Arsenal" sardori Mikel, hozirda "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaning o'ng qo'li, yani yordamchisi hisoblanadi. Arteta ayni vaqtda so'nggi 10 yillikning etuk murabbiyidan biri, Pepning har bir darsini "changyutgichdek" tortib olayotgani tabiiy albatta. 37 yoshli Mikel Arteta kelsa, texnikasi kuchli va tezkor futbolchilardan foydalinishini kutish mumkin. 



4-3-3

Bunda Obameyang to'qqizlik hujumchi rolida gavdalanadi. Pepe va Bukayo Saka singari sprinter futbolchilar vinger sifatida o'ynashlari katta ehtimol. Genduzi va Sebalos maydon markazini nazorat qilishi, Torreyra esa himoya chizig'ining boshida xizmatda bo'lishi ham mumkin. Gvardiola "Siti"da shunga yaqin taktikadan foydalanadi va Arteta ham undan andoza olishi muqarrar. Mikel o'zi "Arsenal"ga o'tmasligi, etibor markazida bo'lish uchun shoshmayotganini aytib o'tdi. Lekin, shimoliy-g'arbda Gvardioladan muhim bilimlarni to'plamoqda. Balki, hozir u murabbiylik faoliyatini boshlashi uchun ayni vaqt ekanligini his qilishi kerakdir. 


"Squawka" malumotlari asosida tayyorlandi.

Reyting: +10   

Fikrlar

+1   
08 noy 19:39:08
inamjon
Mourinio APLni xam yutgan adashmasam chelsi bilan
+1   
08 noy 19:28:47
TURAEV BOTIR
TARKIB JIHATIDAN MOURINYONI TARKIBI KUCHLI BERILGAN
   
08 noy 22:15:25
Арсенал 14
Mourinho-Specialone foydalanuvchining fikriga javob berish
Моур!! Италияда,Португалия,Испанияда,Англияда!! Моурда факат Франция ва Германия колди дустим)
Aha,xabarda Mour ni uch mamlakat chempioni deb yozgan, shunga yozdim.
Arsenalga qaysi murabbiy kelsa ham chempion qilsa, Liver-Sitilarga kuchi etsa buldi
   
08 noy 22:13:01
Kosonsoy qaytmas
Alijon.M. Zarbdorlik foydalanuvchining fikriga javob berish
Arteta kelsa yaxshi hamma meni nechi yildan beri ustimdan kulib yurardi kuchaysin
Mendaham shu holat
   
08 noy 21:31:53
ZohiDBeK_(Arsenal-and-Juventus)
Norm murabiy kesa bu tarkibni yarmidan kupi yuqoladi
   
08 noy 21:21:21
Maxsudbek "Arsenal"
Artetani Arsenal murabbiyi sifatida ko'rish yoqimli bo'lardi. Kim murabbiy bo'lsa xam Arsenalga omad tilayman
   
08 noy 21:14:48
Alijon.M. Zarbdorlik
Arteta kelsa yaxshi hamma meni nechi yildan beri ustimdan kulib yurardi kuchaysin
   
08 noy 20:16:23
Mourinho-Specialone
Арсенал 14 foydalanuvchining fikriga javob berish
Mour uch mamlakat chempioni bulgan yagona murabbiy ekan. Manimcha Gvardiola ham shunday (Isp, Ger, Ang)
Моур!! Италияда,Португалия,Испанияда,Англияда!! Моурда факат Франция ва Германия колди дустим)
   
08 noy 19:39:22
Арсенал 14
Mour uch mamlakat chempioni bulgan yagona murabbiy ekan.
Manimcha Gvardiola ham shunday (Isp, Ger, Ang)
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика

CA ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing