"Arsenal" bosh murabbiyi Arteta "Vilyareal"ga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatsizlikka izoh berdi
07 may 2021 07:39
Yangiliklar
"Arsenal" bosh murabbiyi Arteta "Vilyareal"ga qarshi o'yindagi muvaffaqiyatsizlikka izoh berdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vilyareal"ga qarshi o'tkazilgan o'yindan so'ng (0:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz hafamiz. "Vilyareal"ni tabriklashimiz kerak. Oxirgi daqiqalargacha barchasini qilib ko'rdik. O'ylaymanki, g'alabaga loyiq edik. Ammo bunday qarama-qarshiliklarda barchasini kichik detallar hal qiladi.
Bizda uchta jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Raqibda esa bunday imkoniyat bo'lmadi. Ammo ular keyingi bosqichga chiqishdi.
Bir necha sabablarga ko'ra yutqazdik. O'yinni etarli darajada yaxshi boshlay olmadik. Biz o'rganishda davom etishimiz kerak.
Evrokubokka yo'l olish uchun oxirgi chora qoldi - APL. Buning uchun nima qilish kerakligini bilamiz", - dedi Arteta.
Fikrlar