"Arsenal" "Benfika" futbolchisi Tavareshning agenti bilan bog'landi
28 iyu 2021 11:35
Yangiliklar
"Arsenal" "Benfika" futbolchisi Tavareshning agenti bilan bog'landi
"Benfika" himoyachisi Nunu Tavaresh faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "Arsenal" 21 yoshli portugaliyalik futbolchining agenti bilan aloqaga chiqdi.
Futbolchining o'zi ham London klubiga o'tishni xohlaydi.
Tavaresh o'tgan mavsum 25ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 7 million evroga baholamoqda.
Fikrlar