"ARSENAL" - "BAVARIYA" 0:2
20 fev 2014 02:23
Yangiliklar

"ARSENAL" - "BAVARIYA" 0:2
Ushbu sahifa orqali "Arsenal" - "Bavariya" uchrashuvining matnli translyaciyasi bilan tanishib borish mumkin.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Sizlar bilan birga ushbu qiziqarli o'yinni Narzulla Saydullaev kuzatib bordi. Barchaga rahmat
90+2-daqiqa. O'YIN TUGADI. Dramatik tarzda kechgan bahsda "Bavariya" g'alaba erishdi. Myunxendagi javob uchrashuvida nimalar bo'lishini endi bilib olamiz.
"Milan" - "Atletiko" uchrashuvida ham mehmonlar zafar quchishdi - 0:1.
90+1-daqiqa. Kroos! Uning erlatib bergan kuchli aniq aniq zarbasi darvoza ustuni bilan ko'rishib maydonni tark etdi.
90-daqiqa. Asosiy vaqtga 2 daqiqa qo'shib berildi.
88-daqiqa. TOMAS MYULLER! 0:2. Filipp Lamning to'p uzatishidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan Myuller boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Bugungi ikkala golda ham Lam to'p uzatdi.
86-daqiqa. Koselni Sanogoga hujumda qanday o'ynash kerakligini o'rgatayapti shekilli. Hozir franciyalik himoyachi jamoasini oldinga boshladi. Ammo sheriklari unga yordam qilishmadi
85-daqiqa. Ogohlantirish. Tomash Rosicki
83-daqiqa. "Arsenal" mana shu hisobni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Biroq to'p o'zlarida bo'lganida hujumga ham o'tishmoqda.
"Milan" - "Atletiko" uchrashuvida hisob ochildi 0:1. Diego Kosta o'zini ko'rsatdi.
81-daqiqa. Londonlik muxlislar Robbenning har bir noto'g'ri harkatini olqishlar bilan kutib olishmoqda. SHesniga qizil berilishiga bosh sababchi aynan Aren edi-da
78-daqiqa. O'zgarish. Tiago Alkantara o'rniga Klaudio Pissaro.
77-daqiqa. Robben o'ng qanotda tinim bilayotgani yo'q. Bu safar tezkor harakatlar bilan jarima maydoniga kirib keldi, faqat maydon tugab qoldi.
75-daqiqa. Myuller Koselni tomonidan yiqitildi, biroq hakamlar bu penaltiga tortmasligini qayd etishdi.
74-daqiqa. Gvardiolaning Kroosning goliga munosabati (hazil)
73-daqiqa. O'zgarish. CHemberlen o'rniga Tomash Rosici maydonga tushdi.
70-daqiqa. Robben yana uzoq burchakni ko'zlab chiroyli zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
68-daqiqa. "Arsenal" yarim himoyachisi Tomash Rosicki maydon chetida o'yinni xorg'in tarzda kuzatmoqda.
65-daqiqa. "Bavariya" 10 kishi bo'lib qolgan "Arsenal"ni o'z jarima maydoni ichiga qamadi. Goh o'ng, goh chap qanotdan to'p uzatilmoqda.
64-daqiqa. O'zgarish. Mario Manjukich o'rniga Tomas Myuller tushdi. Mario bugun gol urmadi va sariq kartochka oldi
63-daqiqa. Toni Kroos nimalar qilayapti? Uning paslari zargarona chiqmoqda. Bu safarni to'p uzatishi Robbenga ataldi. Gollandiyalik futbolchining to'xtatmasdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.
61-daqiqa. Monreal chap qanotdan tezkorlik bilan oldinga o'tdi. Uni Xavi Martines qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.
58-daqiqa. "Bavariya" to'pni o'zida ushlab turishda juda yaxshi biladi. Buni Gvardiola shogirdlari amalda ko'rsatishmoqda.
55-daqiqa. Ogohlantirish. Yaya Sanogo
54-daqiqa. Super gol! Super gol. Lam to'pni jarima maydoni yonida turgan Kroosga oshirdi. Klubdan ketishi aytilayotgan Tonining ajoyibu-g'aroyib zarbasi darvozaning to'qqizligidan o'rin oldi - 0:1.
53-daqiqa. Robben! O'z uslubida darvozaga zarba berdi. Yani o'ng qanotdan to'pni egallab olib markazga harakatlandi va chap oyog'ida darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. Fabianski ham Robbenning o'yinlarini ko'rgan ekan.
51-daqiqa. Maydon egalari jarima to'pini amalga oshirishdi. Hujumchilarga yordamga borgan Koselni tomonidan yo'llagan zarba juda kuchsiz chiqdi.
50-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushgan Rafinya o'ng qanot hujumchisi o'rnida paydo bo'ldi va havoda to'pga zarba berdi. Hammayam Ibragimovich emasku...
48-daqiqa. Toni Kroosning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Fabianski ushlab oldi.
47-daqiqa. Taymni "Bavariya" hujum bilan boshladi, Manjukich yaqin masofdana darvozaga zarba bera olmadi.
46-daqiqa. O'zgarish. Jerom Boateng o'rniga Rafinya maydonga tushdi.
46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Emireyts" stadioniga Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov kelgani malum bo'ldi.
Parallel tarzda bo'lib o'tayotgan "Milan" - "Atletiko" uchrashuvining dastlabki 45 daqiqasida gol urilmadi.
45+2-daqiqa. Birinchi bo'lim tugadi. Hisob hozircha ochilgani yo'q. Bilasizmi nima? Maydonda Mario Gyotce bor ekan. Ana xolos-3.
45-daqiqa. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. Ogohlantirish. Mario Mandjukich
43-daqiqa. Alabaning noaniq penaltisi
42-daqiqa. Kim bugun yana penalti bo'ladi deb o'ylamoqda?
40-daqiqa. Ana xolos-2! David Alaba penaltidan gol urgisi kelmadi. Uning zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi.
39-daqiqa. Robbenni o'z jarima maydoni ichida qo'pollik bilan to'xtatib qolgani uchun "Arsenal" posboni chetlatildi. O'zgarish. Kasrola o'rniga darvozabon Lukash Fabianski tushdi
38-daqiqa. Ana xolos! SHesniga qizil kartochka!!!
36-daqiqa. Uilsher jamoadoshini oldinga boshlamoqchi bo'ldi. Biroq Santi Kasorla Useyn Bolt emasligi ko'rindi.
35-daqiqa. "Bavariya" ko'proq va xavfliroq hujumlar qilmoqda.
34-daqiqa. Alaba-Robben raqib himoyachilarini osolik bilan dog'da qoldirishdi. Robbenning zarasi yo'liga Mertesaker to'g'anoq bo'ldi.
31-daqiqa. Birinchi bo'lim anti qahramoni.
30-daqiqa. Kiran Gibbs o'yin ayni qiziganda chimga yotib oldi. SHifokorlar u o'yinni davom ettira olmasligini malum qilishdi. Venger uni o'rniga Nacho Monrealni tushirdi qo'ydi.
27-daqiqa. Mehmonlar jarima to'pidan so'ng Mandjukich uni darvozaga yo'lladi, noaniq.
26-daqiqa. "Bavariya" raqib jarima maydoni yonida "Barselona" uslubida to'pni ushlab turibdi. Gvardiola haqida gapirmoqchi ekanligimizni tushundingiz.
25-daqiqa. Yaya Sanogo sizlarga tanish ko'rinmayaptimi? Bu futbolchi Turkiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi mundialda Ahmadjon Musaev boshchiligidagi yoshlarimizga qarshi o'ynab gol urgan.
24-daqiqa. Bu Sanogo deganlari yaxshi futbolchi ekan. Uning ajoyib to'p uzatishidan so'ng CHemberlen Noyer bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. O'z vaqtida volleybol bilan shug'ullangan posbon to'pni qaytardi.
22-daqiqa. Sanogo mayon markaziga qaytib Krossni maydonga o'tkazib qo'ydi. Hakam buni ko'rib turgandi. Jarima to'pi
20-daqiqa. Hujum qilish navbati londonliklarda . Raqib jarima maydoni ichidan qaytib chiqqan to'pni Flamini darvozaga yo'lladi. Yumshoq qilib aytsak zarba o'xshamadi
18-daqiqa. Hozirgacha ortda qolgan vaqtda to'pga egalik qilish borasida "Bavariya" oldinda. 57:43.
16-daqiqa. Yana Lam, yana o'ng qanotdan. Burchak to'pi yonida Kroos. Uning etkazib bergan to'pini Alaba darvozaga yo'lladi, himoyachilar ham darvozabonga yordam berishlari mumkin ekanligi hozir amalda isbotladi.
13-daqiqa. Mehmonlar ham hujumga o'tishni boshlashdi. Gvardiola o'rnidan turib shogirdlariga biroz baqirgandi o'ng qanotdan Lam jarima maydoni ichiga to'p uzatdi. SHesni o'z o'rnida
11-daqiqa. Robben jarima to'pini amalga oshirdi, dastlabki zarba jonli devorga tegib qaytdi, takroriy zarba osmonu falakka ketdi
9-daqiqa. Ana bo'masam. Ozil Noyerni yosh bola deb o'yladi shekilli sekingina zarba berdi, o'tgan mavsumning eng yaxshi darvozabonlaridan biri to'pni qaytardi!
8-daqiqa. Penalti! Ozil raqib jarima maydoni ichida Boatengni "oddiy" tarzda aldadi. Bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi.
7-daqiqa. London klubi hozir raqibni o'z jarima maydoni ichiga qamadi. Hozirgina tanqid qilgan Sanogo juda yaxshi zarba berdi, biroq Noyer ham bekorga darvozada turmaganini isbotladi.
5-daqiqa. Yaya Sanogoni sheriklari oldinga tashlashdi, biroq yosh hujumchi raqib jarima maydoni ichida nima qilib yurganini tushunmadi...
3-daqiqa. Xavfli vaziyat! Toni Kroos kutilmaganda to'pni darvozaning to'qqizligi tomon yo'lladi. Agar SHesni bo'lmaganida juda chiroyli gol bo'lardi. Uyqusi kelganlarni uyqusini uchirib yuboradigan zarba bo'ldi.
1-daqiqa. Ilk soniyalardanoq CHemberlen raqib jarima maydoni ichiga kirib bordi, biroq zarba bera olmadi.
00:46. Barcha tayyomrmi? UCHRASHUV BOSHLANDI.
00:44. Bugungi o'yinda "Bavariya" himoyachisi Dante sariq kartochka olsa javob bahsini o'tkazib yuboradi.
00:42. Mezbonlar muxlislari o'z suyuklilari uchun ajoyib manzaraini vujudga keltirishdi. Muhit fantastik darajada.
00:40. Har ikkala jamoa vakillari "Emireyts" stadioni maydoniga chiqib kelishdi.
00:30. Uchrashuv hakamlari: Nikola Riccoli, Andrea Stefani, Renato Faverani (barchasi Italiyadan).
00:12. Maydon egalari bosh murabbiyi Arsen Venger bugun hujumga yosh franciyalik Yaya Sanogoni qo'yishga qaror qildi. Lukash Podolski va Olive Jiru kabi futbolchilar zaxiradan uchrashuvni kuzatishni boshashadi.
00:10. Tarkiblar bilan tanishdingiz. Mehmonlar safida Tomas Myuller va Bastian SHvaynshtayger bugun zaxirada qoldirilgan
23:55. Arsenal Angliya - Voycex SHesni, Bakari Sanya, Per Mertesaker, Loran Koselni, Kiran Gibbs, Mate Flamini, Jek Uilshir, Aleks Oksleyd-CHemberlen, Mesut Ozil, Santi Kasorla, Yaya Sanogo
Zaxira- Lukash Fabyanski, Nacho Monreal, Karl Jenkinson, Tomash Rosicki, Serj Gnabri, Lukash Podolski, Olive Jiru
23:52. Bavariya Germaniya - Manuel Noyer, Bonfim Dante, Jerom Boateng, Filipp Lam, David Alaba, Tyago Alkantara, Xavi Martines, Toni Kroos, Aren Robben, Mario Gyotce, Mario Mandjukich
Zaxira - Tom SHtarke, Daniel Van Byuyten, Marsio Rafinya, Diego Kontento, Bastian SHvaynshtayger, Tomas Myuller, Klaudio Pisarro
23:50. Boshlang'ich tarkiblar malum bo'ldi.
23:30. Uchrashuv soat 00:45 da boshlanadi.

Fikrlar