“Arsenal” Artetaning nomzodidan voz kechdi
21 may 2018 22:32
Yangiliklar


“Arsenal” Artetaning nomzodidan voz kechdi
“Arsenal” sobiq futbolchisi Mikel Arteta London klubi bosh murabbiyi bo'lmaydi.
Ispaniyalik 36 yoshli mutaxassis “Manchester Siti” klubi murabbiylar shtabida ishlab kelayotgan va anchadan beri Arsen Vengerdan qolgan postga asosiy davogar bo'lib turgandi.
Lekin “Arsenal” xo'jayini Sten Kronke hamda klub bosh direktori Ivan Gazidis Artetaning nomzodidan voz kechib, boshqa murabbiylar variantini ko'rib chiqishyapti. Hozirda “PSJ” klubining sobiq ustozi Unai Emeri “Arsenal” bosh murabbiyi bo'lishga bosh nomzod bo'lib turibdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar