"Arsenal" Artetaning kelajagi borasida bir qarorga keldi
27 may 2023 13:22
Yangiliklar
"Arsenal" Artetaning kelajagi borasida bir qarorga keldi
"Arsenal" bosh murabbiy Mikelm Artetaga maoshi ko'tariladigan yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqda "Football Transfers" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "kanonirlar" mutaxassisga 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan yangi shartnoma taqdim etishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
"To'pchilar" Artetaning ishi va uning boshchiligidagi jamoaning muvaffaqiyatidan mamnun. Londonliklar ispaniyalik bilan uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor. Rahbariyat futbolchilar va murabbiy bilan barcha shartnoma masalalarini mavsumoldi jarayonlargacha hal qilmoqchi.
Arteta "Arsenal"ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. "Kanonirlar" joriy mavsum uning qo'l ostida APL turnir jadvalida 2-o'rinni egallab, 7 yildan so'ng CHempionlar Ligasiga qaytdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar