"Arsenal" Angliya terma jamoasi darvozabonini nishonga oldi
17 iyu 2021 14:28
Yangiliklar
"Arsenal" Angliya terma jamoasi darvozabonini nishonga oldi
"SHeffild Yunayted"da o'ynayotgan darvozabon Aaron Ramsdeyl APL klubiga o'tishi mumkin.
Darvozabon bilan shartnoma imzolashga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
Ramsdeyl "kanonirlar" asosiy tarkibi uchun Bernd Leno bilan raqobat uyushtirishi mumkin. Qayd etish kerakki, Aaron jamoasi bilan APLdan tushib ketgan bo'lsa ham, Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
O'yinchining transfer narxi 23 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar