"Arsenal" 2016 yildan beri ilk marotaba finalga chiqa olmadi
07 may 2021 09:41
Yangiliklar
"Arsenal" 2016 yildan beri ilk marotaba finalga chiqa olmadi
"Arsenal" Evropa ligasi musobaqasi yarim finalida "Vilyareal"ga mag'lub bo'lib, musobaqa bilan xayrlashdi.
"Kanonirlar" 2016 yildan buyon xech bo'lmasa bitta musobaqa finalida ishtirok etib kelardilar. Ammo ushbu seriya bu yil to'xtadi. Bu mavsum davomida ular Evropa ligasidan tashqari Angliya kubogi va Liga kubogi musobaqalarini ham erta tark etishgandi.
"Arsenal" 2016/17 yilgi mavsumda Angliya kubogi, 2017/18 yilgi mavsumda Liga kubogi. 2018/19 yili esa Evropa ligasi, o'tgan yili esa yana Angliya kubogi finallarigacha etib kelgandi.
Fikrlar