Arsen Venger: “Unda o'zgacha iqtidor bor edi"
09 iyu 2022 09:55
Yangiliklar
Arsen Venger: “Unda o'zgacha iqtidor bor edi"
“Bu xabar men uchun qayg'uli, chunki Jek qoyilmaqom futbolchi. U mard edi, istedodli edi, hech kimdan qo'rqmasdi, mana nima uchun u yoshligidanoq porlashini kutgandik. U boshidanoq asosiy futbolchiga aylana olishini ko'rsatdi.
Unda o'zgacha istedod bor edi, ammo jarohatlari tufayli etarlicha o'ynay olmadi va oxir-oqibat to'xtashga majbur bo'ldi. Buni qabul qilish og'ir. SHu tufayli u to'g'ri qaror qildi deb hisoblayman”, deydi Venger.
Uilsher "Arsenal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. London klubida yarim himoyachi 2008/09 yilgi mavsum 16 yoshida debyut qilgan va "kanonirlar" safida jami 197 ta o'yin o'tkazgan.
Futbolchi "Bolton", "Bornmut" va "Vest Xem" klublarida ham to'p tepgan. Uilsher Angliya terma jamoasi safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar