Arsen Venger: "Uilsher xafa, ammo u kuchli xarakterga ega"
28 noy 2014 23:59
Yangiliklar


Arsen Venger: "Uilsher xafa, ammo u kuchli xarakterga ega"
"Arsenal" ustozi Arsen Venger jamoa yarim himoyachisi Jek Uilsherning holati bo'yicha gapirib o'tdi.
O'ylashimcha, Uilsher fevral oyi so'nggi, martning boshida safga qaytadi. U tiklanish uchun harakat qilmoqda va mavsumni omadli yakunlashga bel bog'lagan. Men uning xizmatlaridan mavsum so'nggida foydalanishni rejalashtirmoqdaman. Jek Uilsher juda xafa. Ammo u kuchli xarakterga ega. Yosh bo'lishiga qaramay, u juda ko'p jarohatlar olishga ulgurdi. Lekin u qiyinchiliklarni engishga o'rgandi. Jek Uilsherni yorqin kelajak kutmoqda. Uilsher katta potencialga ega futbolchi. Ishonamanki, u o'zining imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladi.

Fikrlar