Arsen Venger: “Sobiq yordamchim tezroq tuzalib ketishini xohlayman”
29 noy 2013 12:26
Yangiliklar

Arsen Venger: “Sobiq yordamchim tezroq tuzalib ketishini xohlayman”
Angliyaning “Arsenal” klubi afsonaviylaridan biri, bosh murabbiy Arsen Vengerning sobiq yordamchisi Pet Rays saraton xastaligi tufayli kasalxonaga yotqizildi.
U 18 oy muqaddam kasallik bezovta qila boshlaganida futboldan ketgandi.
“Bu juda yomon xabar, - deya aytib o'tdi Arsen Venger. – Biz Raysni nafaqat sevamiz, balki “Arsenal” uchun qilgan ishlarini qadrlaymiz. Men u bilan har kuni aloqada bo'lib turibman va o'ylaymanki, u kasallikni enga oladi. Biz Rays bilan ajoyib yillarni o'tkazganmiz, shu bois tezroq tuzalib yana futbolga qaytishini xohlaymiz”.
Eslatib o'tamiz, Pet Rays hayotining 44 yilini “Arsenal”da o'tkazdi.

Fikrlar