Arsen Venger SHveycariya termasini boshqarishi mumkin
30 iyu 2021 01:20
Yangiliklar
Arsen Venger SHveycariya termasini boshqarishi mumkin
"Arsenal" sobiq murabbiyi faoliyatini terma jamoalarda davom ettirishi mumkin.
The Sun nashrining xabar berishicha, SHveycariya terma jamoasiga tayinlanishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatida Arsen Venger ham bor. Mamlakat futbol federaciyasi, Arsen Venger oldiga Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionati final bosqichiga chiqish vazifasini qo'yadi.
Eslatib o'tamiz, SHveycariya termasining sobiq murabbiyi Vladimir Petkovich "Bordo" klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagandi. Arsen Venger esa, 2018 yildan beri ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar