So’nggi yangiliklar

15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлган. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  0 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  0 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  1 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   4 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  10 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  24 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  3 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  6 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13

Arsen Venger o'zining 700-o'yinida "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Arsen Venger o'zining 700-o'yinida "Tottenxem"ga mag'lub bo'ldi

"Tottenxem" va "Arsenal" jamoalari o'rtasidagi London derbisi tafsilotlarini aynan mana shu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.

"Tottenxem" - "Arsenal" 2:1

Gollar: O'zil 11, Keyn 56, 85.

Ogohlantirish: Keyn 35, Monreal 42, Uelbek 45, Kosielni 53, Meyson 78, Bentaleb 90+, Remsi 90+.

"Tottenxem" –Loris, Dayer, Rouz, Uoker, Vertongen, Dembele (SHodli 75), Meyson, Eriksen, Bentaleb, Lamela, Keyn.
"Arsenal" –Ospina, Koselni, Belerin, Mertesaker, Monreal, Kasorla (Rosicki 67), Koklen (Akpom), Ozil, Remzi, Jiru, Uelbek (Uolkott 76).


UCHRASHUV YAKUNLANDI


90+3. Bentalebni Remsi to'xtatib qoldi. Sariq kartochka.


90+2. Burchak to'pi. "Arsenal"da standart. Xatto Keyn ham himoyaga etib keldi.


90+1. Bentaleb sariq kartochka oldi.


90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.


89. Turnir jadvaliga tezlik bilan etibor qaratamiz. Agar bu uchrashuvda "Tottenxem" g'alaba qozonsa, 43 ochko bilan 42 ochkoga ega "Arsenal" va "Sautgempton"ni ortda qoldirib, vaqtincha 4-o'ringa ko'tarilib oladi.


88. O'zgarish. Koklen o'rniga - Akpom ("Arsenal").


87. Uchrashuv qahramoni KEYN bo'lishi aniq!


Raqibni ikkinchi qavatda mag'lub qilgan Keyn chap qanotdan jamoadoshi etkazib bergan to'pni darvozaga yo'lladi va mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi.

85. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!!!!!!!! KEYNNNNNNNNNNNN!!!!!!!!!!!!!!!


83. G'IRT inglizcha futbol boshlandi. Qo'polliklar, kurashlar, turtilishlar. Hakam esa yuzida kulgu bilan o'ynash kerakligini ko'rsatib turibdi.


81. "To'pchilar" kombinacion hujum tashkil qilishga urinyapti, ammo futbolchilarning charchab qolgani bilinib turibdi.


79. "Arsenal"ning omadsiz jarima zarbasi, raqibning qarshi hujumiga aylandi, Eriksen raqib jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pga Keyn zarba berdi, noaniq.


78. Sariq kartochka. Enli Meyson o'z jarima maydonchasi yaqinida Remsini yiqitdi. Xavfli standart.


76. O'zgarish. Uelbek o'rniga - Uolkott.


76. FIFA15 futbol simulyatorining eng tez futbolchisi tez orada maydonda paydo bo'ladi. U kimligini bilasizmi???


75. O'zgarish. Dembele o'rniga - SHodli.


74. CHap qanotdan etkazib berilgan to'pni, Jiru darvozaga to'g'irlashga urindi, ammo harakat muvaffaqiyatsiz chiqdi.


72. To'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.


To'p qarshisida Eriksen.

71. "Arsenal" jarima maydonchasi yonginasida qo'pollik va mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishi uchun ajoyib imkoniyat.


69. Lamela jamoadoshi etkazib bergan to'pni Keyn zarba berish uchun ko'kragi bilan to'g'irlab beradi. Ammo Lamela va uning ko'kragi o'yindan tashqari holatda edi.


67. O'zgarish. Kasorla o'rniga - Rosicki.


Nosir SHodli maydon chetida chigal yozdi mashqlarini bajaryapti.

65. "Tottenxem" yana gol uradigan ko'rinadi.


63. SUPPPER SEYV!!! Bentalebning zarbasini Ospina qaytardi, ammo qaytgan to'pga KEYN birinchi bo'lib etib keldi va zarba berdi. OSPINA qahramonlarcha golni yo'qqa chiqardi! QOYIL!!!!


62. "Tottenxem" burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilardan qaytgan to'pni mezbon futbolchisi raqib darvozasiga aniq yo'lladi, ammo to'p to'ppa-to'g'ri Ospinaning qo'liga kelib tushdi.


62. "SHporlar" muxlislari kuylamoqda.


60. ZARBAAA!!! Uelbek chap qanotdan raqib darvozasiga zarba berdi, Loris bu zarbani bir amallab qaytardi.


58. Tottenxem qo'rqinchli hujumlarni davom ettiryapti.


Burchak to'pini "shporlar" futbolchisi darvozaga to'g'irladi, Ospina to'pni qatarib qoldi, qaytgan to'p yo'nalishida esa Keyn turgan edi.

56. KEYYYNNNNN!!!! GOOOOOLLLLL!!!!


55. Meysonning yana bir zarbasi himoyachiga tegib, darvozabon kutmagan tomonga yo'l oldi. Burchak to'pi. 


53. Xavfli imkoniyatdan hech bir foyda chiqmadi.


52. Sariq kartochka. "Arsenal" tomonidagi o'ng burchak yonida Kosielni Dembelega qo'pollik ishlatdi. Xavfli standart.


51. Maydonning xar bir santimetri uchun kurash bo'lyapti.


49. Ikki tomon ham hujum va himoyada butun jamoa bo'lib harakat qilyapti.


48. Kasorla Loris darvozasiga yo'llagan zarbasi faqat burchak to'pi bilan yakunlandi.


46. "Tottenxem" qanotlardan hujum uyushtirishga harakat qilyapti, ammo raqib ikkinchi qavatda yaxshi o'ynamoqda.


45. 24-tur ochilish uchrashuvining ikkinchi bo'limi boshlandi.

Ikkinch bo'lim uchun hamma narsa tayyor.

Birinchi bo'lim statistikasi.


Birinchi bo'lim tugadi.

45+1. Sariq kartochka. Uelbek ham raqibga standart taqdim etdi. Denniga sariq kartochka. Jarima zarbasi foydasiz yakunlandi.


45. Birinchi bo'limga 2+ daqiqa qo'shib berildi.


43. Uelbek raqiblarga imkon bermay, to'pni maydonda chiqarib yubordi.


42. Sariq kartochka. Monreal o'z jarima maydonchasi yaqinida raqib futbolchisini yiqitdi. Mezbonlarda gol urish uchun qulay imkoniyat.


40. Keyn zarba berdi, ammo ungacha xushtak chalingan edi, o'yindan tashqari holat.


37. "SHporlar" qo'pollik qilishda davom etyapti. Bentaleb Remsini yaqitdi.


35. Sariq kartochka. Keyn hujumga o'tib ketayotgan Jiruni maydon markazida to'xtatib qoldi.


32. Hozircha "Arsenal" tartibli himoyalanmoqda.


31. Eriksen xuddi Ronaldu kabi chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to'pni o'ng oyog'iga to'g'irlab zarba berdi. JUDA va JUDA noaniq.


30. "Totenxem" yana burchak to'pidan unumli foydalana olmadi.


27. Kombinacio hujum Meysonning zarbasi bilan yakunlandi, Ospinadan seyv.


25. "Tottenxem"da navbatdagi burchak to'pi. Burchak zarbasi hech qanday natijasiz yakunlandi.


24. Mezbonlar o'tkir hujumlar tashkil qilyapti, ammo uni yakunlovchi futbolchi topilmayapti.


21. Rouz chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga to'pni tashlab berdi, ammo uni darvozaga yo'llaydigan futbolchi topilmadi.


20. Bentaleb jarima maydonchasi ichiga kirmay Ospina darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo noaniq zarba.



        Bugun kimning qo'li baland keladi?

15. "Arsenal" hozircha o'z o'yinini ko'rsatyapti.


O'zil ketma-ket 2 o'yinda o'zining  2-golini urdi.


Uelbek o'ng qanotda himoyachilardan qochib ketdi va to'pni raqib jarima maydonchasida turgan Jiruga oshirdi. Hujumchining zarbasi noaniq bo'ldi, ammo o'sha noaniq berilgan zarba yo'lida O'zil turgan edi va Mesut to'pni darvozaga to'g'irlab qo'ydi. "To'pchilar"dan ajoyib start!!!

10. GOLLLLLLLL!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! O'ZILLL!!!!!!


6. Ikkala jamoa ham o'zlarining ananaviy liboslarida uchrashuvda qatnashishyapti.


5. "Tottenxem"ning birinchi zarbasini qaytarishda raqib darvozaboni Ospina jarohat olgan ko'rinadi.


4. Keynning zarbasi burchak to'piga aylandi.


3. Angliya chempionatining turnir jadvaliga etibor qaratadigan bo'lsak, "Arsenal" 5, "Tottenxem" esa 6-o'rinni egallab turibdi. 


2. "Arsenal" asta-sekinlik bilan to'pga egalik qilish foizini ko'taryapti.


1. Stadiondagi atmosfera juda ajoyib. Muxlislar o'z jamoasining qo'shig'ini kuylashmoqda.


0. Uchrashuv boshlandi.


- Ikkala jamoa ham maydonda va bir necha soniyadan so'ng o'yin boshlanadi.

- Bugun Premer-liganing 24-turini  SHimoliy London derbisi, "Tottenxem" - "Arsenal" uchrashuvi ochib beradi.


- Assalomu alaykum hurmatli ingliz futboli muxlislari!


Uchrashuv soat 17:45 da boshlanadi!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика