So’nggi yangiliklar

03:30Евро-2004. Учар ликопчага қиёсланган тўп, инглизни пичоқлаган Вадим Абрамов, келишилган ўйин, қўлқопсиз пенальти қайтарган дарвозабон ҳамда допинг билан турнирнинг энг яхши ўйинчисига айланган футболчи ҳақида ҳикоя қиламиз  0 00:55"Барселона" Нико Уильямс трансфери ўхшамаса, кимни сотиб олиши маълум  0 00:27Пальинья "Бавария" билан тўрт йиллик шартнома имзолайди. Трансфер нархи ҳам маълум (Фабрицио Романо)  0 00:05Ўзбекистон кубоги. "Машъал" – "Қизилқум" 1:3. Highlights  0 23:39Расман: Пётр Зелиньски – "Интер" футболчиси!  2 23:05Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" "Машъал"ни қўшимча бўлимларда мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  8 22:43Евро-2024. Чорак финалнинг иккала марказий ўйинини англиялик ҳакамлар бошқаради  1 21:52"Манчестер Юнайтед" тахминан 250 нафар ходимини ишдан бўшатади. Тежалган пул эса...  9 21:22Нимели Ўзбекистонда қолмайдиган бўлди  11 20:57Эшитдик-да! "Сурхон" ҳужумчиси "Пахтакор"га ўтди  13 19:30Ўзбекистон U-23 терма жамоаси билан Осиё Кубогида қатнашган қайси футболчилар Олимпиадага бормайди?  33 19:05"Марсель" Канада терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолади  0 18:42"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди. Ҳожимат Эркинов Олимпиада учун қайдномадан ўрин олмади  48 18:27"Рубин" футболчиси билан шартномани бекор қилди  0 18:19Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Олимпиадада иштирок этадиган таркиби эълон қилинди!  93

Arsen Venger: “Hamisha Kroyffning dovyurakligidan ilhomlanganman” Yangiliklar

Arsen Venger: “Hamisha Kroyffning dovyurakligidan ilhomlanganman”

Aynan shu uslub “Arsenal”ning oxirgi 20 yildagi brendiga aylanib ulgurgan.


Arsen Venger Kroyffdan ko'p narsada andoza olganini yashirmaydi. SHu bilan birga o'yin uslubini shakllantirishda tasir qiluvchi ko'plab jihatlar borligini takidlaydi. “Arsenal Magazine”ga bergan intervyusida franciyalik murabbiy murabbiyning ahamiyati va boshqa masalalar yuzasidan berilgan savollarga fikrlarini bildirib o'tdi.


- Ishingizning boshlang'ich qismida Yoxan Kroyff sizga tasir ko'rsatganini aytib o'tgansiz, aynan nimalarni undan olgansiz?

- Uning o'yinga ijobiy munosabati va o'ynash uchun etarlicha xohishini. Biz natija yordamida boshqa odamlar baho beradigan sohada ishlaymiz. Bundan uzoqlashish va ishochni saqlash uchun etarlicha kuchli inson bo'lishingiz lozim. Yaxshi murabbiy faqat yaxshi g'oyalarga ega bo'lgan inson emas. Murabbiy va aqllilar o'rtasida farq shundan iborat.

Qanday futbol o'ynash g'oyasiga ega murabbiy yaxshi, shu bilan birga o'zi xohlaydigan futbolni ko'rsatish uchun unga dovyuraklik va qo'rqmaslik xislati lozim. Mana, farq qaerda boshlanadi. Aqlli inson ham barcha qo'shiladigan ajoyib g'oyalarga ega, biroq biz yana ishning amaliy qismini ado etib, maydonga erkaklarcha tushib, o'sha ishni shunday bajarishimizga ishontirishimiz kerak.

Faqat Yoxan Kroyffga emas, balki butun golland futboliga hurmatim juda baland. Uning o'zigacha mavjud bo'lgan golland futboli tarbiyalanuvchisi ekanini unutmang. Rinus Mixels singari o'yinchilarga tasir qilgan insonlar bor va bu yakka misol emas. Yoxan Kroyff ham shunday bo'lgan – bu shaxs, xarakter kuchi bilan maydonga tushib, o'zi istagan o'yinni ko'rsatishga etarli darajada kuchli va dovyurak ekanini ayta olardi. Men aynan shundan ilhomlanganman.

- Yana kimga o'xshashni istagansiz?

- Kimdan qanday g'oya olini qanday hal qilish mumkin? G'oyalaringiz o'xshash bo'lgan ko'plab insonlar bilan uchrashasiz. Hayotimda ko'p sayohat qilganman va futbol olamidagi insonlar bilan ko'rishganim omadim. Ularning ko'pchiligi bilan munosabatlarimiz yaxshi kechgan. Ular Angliyada mashhur emas va ularning ismini aytsam, bular sizga hech narsani bildirmaydi.

Hamisha yangi insonlar bilan fikringizni to'ldiradigan g'oyalar almashish uchun tanishishni xohlaganman. Lekin doim futbol bayram ekanini his qilganman. Muxlislarga hurmatingiz murabbiy sifatida shanba kuni tushda ularni baxtli qilish uchun biror narsani berganingizda namoyon bo'ladi. SHanba kuni ishqibozlar shunday xayol bilan uyg'onishlari lozim: “Ha, jamoa bugun o'ynaydi va u ajoyib bo'lishi mumkin”.

Afsuski, buni doim ado eta olmaymiz, ammo hech bo'lmaganda shunga intilish kerak. Yana klubning ijobiy g'oyasi o'z uslubiga ega bo'lishga xohish deb hisoblayman. Agar katta klubda bu yo'q bo'lsa, unda ularga nimadir etishmaydi. Futbol tarixida katta klublar va terma jamoalar hamisha bunga harakat qilishi bilan ajralib kelgan.

Braziliya bo'ladimi, yoki “Barselona” va “Real”mi, ular shunga intilishgan. O'ylashimcha, “Arsenal” ham bu qatorda obro'ga ega. “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va boshqa ingliz klublari hamisha bunga ega bo'lishgan. Bu murabbiy sifatida siz qilishingiz shart bo'lgan ishdir.

- Kimdandir g'oyalarni ortiqcha ko'chirib yubormaslikka qanday amin bo'lish mumkin? O'zligingizcha qolish qanchalik muhim?

- Ha, bu juda muhim. Ichingizda nimanidir his qilsangiz, bularga nisbatan qatiyroq va ishonchga ega bo'lishingiz mumkin. Murabbiy nimani yoqtirishi va nima qilini xohlashini o'ylashi lozim. Agar u kimdandir biror narsani suniy ko'chirib olmasa va ichida to'g'ri falsafani his qilsa, unda kurashishga kuch bo'ladi va xohlagandek o'ynab, boshini baland tutadi. Albatta, sizni boshqalar hayratga solishi mumkin, biroq tashqi tasirni olgach, nimani istashingiz borasida shaxsiy xulosaga kelish darkor.

- Haligacha ilhomlanasizmi? Hozir kim sizni hayratga soladi?

- Ha, albatta. Men juda aqlsiz emasman va o'yin haqida ko'p o'ylaydigan boshqa aqlli insonlar bor. Har kuni nimadir yangilik bilishga urinaman. Oxirgi yillarda o'yinimizni klub va jamoani zamonaviy boshqaruvda kuchaytirganimizni his qilaman. Ehtimol, buning uchun chempionlik bilan taqdirlanmagandirmiz, lekin klub to'g'ri yo'nalishda rivojlanayotganini sezyapman. Hamisha o'rganish va oldinga qadam tashlashni xohlaymiz. Bu klubning tamoyillaridan biri. Birgalikda o'sib borishni istaymiz.

- Agar 30 yil ortga qayta olsangiz, yosh Arsen Vengerga qanday maslahat berardingiz? U sizga quloq solarmidi?

- Quloq soling, yoshligimda biror xislatga ega bo'lgan bo'lsam, u aynan tinglay olish deb hisoblayman. Hamisha o'zimdan katta odamlarga quloq solishga uringanman. SHu sababli odamlar men bilan muloqot qilishni yoqtirgan, chunki ularga zarur hurmat keltirardim. Ichimda biror odamning qanchalik aqlli ekani, mendan 30 yosh katta ekani va men o'tishim kerak bo'lgan yo'llardan o'tgani haqida o'ylardim. Nimalarni o'rgana olishim haqida bosh qotirardim. Ishga 30 yil avval shunday munosabatda bo'lganman. Odatda yosh paytda kattalarni charchagan odamdek qabul qilasiz, lekin keyinchalik ular aytgan narsalar haqiqat ekanini bilasiz.

SHuning uchun doim o'rganishga intilganman. Yosh murabbiy bo'lgan paytimga qarasam, aytgan bo'lardim: “Sen yana bularning hammasidan o'tishga tayyormisan? Hayotingni qurbon qilib, yana jabr ko'rishga ishonching komilmi?” 33 yoshimda shug'ullantirishni boshlaganman, hozir yoshim 66da. Demak, 33 yildan beri tanaffussiz futbol raqobatida ishlab kelyapman. Bu men ishtiyoq va xohishga to'la yosh yigitdan so'raydigan yagona narsa bo'lardi.

- Bu yo'lni takrorlagan bo'larmidingiz?

- Javob aniq – albatta! Balki, men shunday dasturlashtirilgandirman – busiz yashay olmayman.

- Tarbiyachi rolini afzal bilasizmi?

- O'ylashimcha, hozir ishga o'shandagiga nisbatan saxiy va kamroq o'zimni o'ylagan holda munosabatdaman. O'sha paytda murabbiy, muvaffaqiyatli inson bo'lishni istardim. Hozir ham shunday bo'lishni xohlayman, lekin “Arsenal”ni yoqtiradigan insonlarga ko'proq narsa berishni istayman – muvaffaqiyatni. O'yinchilarga yaxshiroq bo'lish va faoliyatida nimagadir erishishiga yordam berishni xohlayman. Yakunda biz o'zimiz ega bo'lgan iqtidorga javob bermaymiz, ammo unga qanday buyruq berayotganimiz uchun javobgarmiz.

Ortga qarab, deyarli barcha narsalarga erishgan insonlarni hurmat qilaman. O'yinchilarga ular chiqa oladigan saviyaga chiqishiga yordam berish lozim. Ularning imkoniyatini ochish zarur. Aynan shundan haqiqiy hurmat keladi – odamlar imkoniyatini amalga oshirgan paytda. Odamlar iqtidorining 60-70 foizidan foydalanganini o'ylaganingizda ularga nimadir etishmaydi, ular qanchalik iqtidorli bo'lmasin. SHunda unga qarab, nohaqligini o'ylaysiz.

- Yosh murabbiylar hamkasblaridan o'rganishlari 30 yil avvalgiga qaraganda osonroqmi? CHunki futbol tobora ochiqroq bo'lib bormoqda.

- Malumot olish uchun kurashishimga to'g'ri kelgan. Bugun internetga kirasiz va jahondagi har bir mashg'ulot haqida bilib olasiz. Men tunlari yotib qolishga to'g'ri kelgan holatda sayohat qilardim. Malumotga ega bo'lish uchun jang ketardi. Hozir bu masala kun tartibida emas. Hammasi tezroq ko'rinish oldi, ammo boshqa tomondan hozir sabr oldingiga nisbatan kamroq.

Sabrsizlik ortib boryapti, xuddi talab va raqobat darajasi ham. Agar bugun yosh murabbiy bo'lsangiz, siz jahonning barcha murabbiylariga qarshi turasiz. Men faqat o'z hududimdagi mutaxassislarga qarshi kelgandim. SHu sababli o'sib, erta imkoniyat olgandim. Hozir vaziyat bunday emas. Angliyani olsak, allaqachon cho'qqida turgan Konte va Gvardiola bor. Murabbiylik ishiga yo'l hozirgi vaqtda ko'proq cheklangan, chunki raqobat jahon miqyosida ketmoqda.

- Yo'lning boshida turgan paytingiz yordam berishni rad qilgan murabbiylarga duch kelganmisiz?

- Unchalik ko'p emas. Bu hozir faol muammo. Men boshlagan vaqtda odamlar bilimi bilan o'rtoqlashishdan xursand bo'lishardi. Hayot tinch va xotirjamroq edi. Endi bu ishimizda qiyinroq. Barcha biladigan narsasini himoya qiladi. Lekin men o'rgatishdan xursandman. “Leaders Sport Performance” kompaniyasi hamkoriman va biz turli sport turlari bo'yicha tajribamizni o'rtoqlashamiz.

Beysbol, velosport va basketbolda evolyuciya jarayoni ketayotgani haqida gapiradigan insonlar bor. Yil davomida 1-2 marta uchrashib, fikrlarimizni o'rtoqlashamiz. Bizning sport turidan bo'lmagan insonlar bilan bilimlarni almashish osonroq. Yakunda AQSHda beysbolda ishlaydigan murabbiy bilan gaplashib, unda ham menda bor muammolarni bilaman. Gap raqobatbardosh bo'lib, o'yinlarni yutish uchun eng yaxshi insonlardan bilish haqida ketyapti.

- Siz boshqa sport turlarini fikr almashish uchun foydali deb hisoblaysizmi?

- Buni juda foydali deb bilaman. Boshqa sport turlarida sizning o'yiningizda ortda qolayotgan jihatlar rivojlanib borishini sezish mumkin. Bazida esa buning aksiri ko'rasiz.

- Engil atletikada estafeta bo'yicha Franciya terma jamoasiga yordam berganingiz haqida gaplar rostmi?

- Ha, Olimpiya o'yinlarida vaqtida ular menga kelishni va 100 metrdan 4 sportchi masofa bosib o'tadigan terma jamoa bilan suhbatlashishni so'rashdi – erkaklar va ayollar bilan. Ular uchun jamoaviy sport turi mavjud emas, ular alohida shaxslar. Birgalikda ishlash va umumiy maqsadni ajratish haqida suhbatlashdim. Tabiatga qarang: ov qiladigan hayvonlar yashab qolish uchun bir-birlariga yordam berishadi, birgalikda ularda muvaffaqiyatli ov imkoni oshadi.

SHuning uchun ham bu tabiatning va yashab qolishning bir qismi: birgalikda yakkalikdan ko'ra kuchliroq bo'lamiz. Olamda yakka o'zi ov qiladigan hayvonlar juda kam. Instinkt ravishda birgalikda foydaliroq bo'lishni his qilish juda muhim.

- Yosh murabbiylardan ko'plab qo'ng'iroqlar olsangiz kerak, bunga qanday dosh berasiz?

- Odatda bu o'zim birga ishlagan sobiq futbolchilardan bo'ladi. Hamisha ularga yordam berishga va ijobiy munosabatda bo'lishga intilaman. O'ylashimcha, bizning ishda birinchi navbatda odamlarga yaxshi munosabat turadi. Insonlarga ijobiy yondoshish lozim. CHunki bu sifatsiz tez orada futbol yoki taktikani juda yaxshi tushunishingdan qati nazar, qo'rqinchli shaxsga aylanasan. Ijobiy kayfiyat juda muhim, ko'tarilish va pasayishni boshdan kechirasiz. Ijobiy falsafangiz yigitlarga nisbatan ishonch uyg'otadi.

- Yangi murabbiylarga qanday maslahat berasiz?

- O'zlari ishlashni rejalashtirayotgan muhitni tekshirishlari, ular o'rtasida shaffof aloqa bo'lishi va majburiyatlari aniq yozib qo'yilgan bo'lishini maslahat beraman. Ishimizda juda kuchli bo'lish darkor. Agar shartnoma yomon tayyorlangan va majburiyatlar doirasi aniq bo'lmasa, klub ichida axmoqona muhitga tushib qolish mumkin. Klubda barcha birlashganda futbol boshqacha bo'ladi.

Klubda ishlar joyida bo'lmasa, unda sizda imkoniyat yo'q. SHu sababli atrofingizdagi odamlarga ishonch hosil qilish kerak. Siz bilan har kuni birga ishlaydigan odamlarga g'amxo'rlik qilishingiz lozim. Ranjitadigan narsa kelganda kuchli bo'lib, o'zingizga ishoning. CHunki ishimizda mag'lubiyatdan keyin yashab qolishingiz darkor. Faoliyatingizni omadsizliksiz qura olmaysiz. Katta mag'lubiyatdan so'ng jamoani to'g'ri yo'lga qanchalik tez qaytara olishda sinalasiz.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика