Arsen Venger: "Giggz menga qaysidir taraflari bilan Bergkampni eslatadi"
29 noy 2013 16:14
Yangiliklar


Arsen Venger: "Giggz menga qaysidir taraflari bilan Bergkampni eslatadi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "MYU" yarim himoyachisi Rayan Giggz unga "kanonirlar" sobiq hujumchisi Dennis Berkampni emlatishini takidladi.
"Giggz 40 yoshga kirib ham, ajoyib o'yinlar ko'rsatyapti. Bu kam uchraydigan, alohida bir holat. U qaysidir jihatlari bilan menga Dennis Berkampni eslatadi. Avvallari u tez-tez jarohat olardi. Biroq yillar o'tib u boragan sari yaxshilanib bormoqda. Huddi yaxshi vinodek", dedi Venger.

Fikrlar