Arsen Venger: “Breksit APLning kelajagiga ta’sir qiladi” (to'liq intervyu)

25 iyul 2016, 23:35
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi qarordan hayratda qolganini tan olib, bu holat Premer-liga kelajagiga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida to'xtalib o'tdi.


- Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidaga qarorga qanday munosabat bildirdingiz?

- Bu meni bezovta qildi. Bu hayotga qanday tatbiq etilishini hech kim bilmaydi. Qaerga ketayotganimizni hech kim bilmaydi. Lekin buni britaniyaliklarning ko'pchiligi xohlagani yanada hayratlantirdi. Bu Londondek ajoyib yirik shaharda yashayotganingda yovvoyiroq ko'zga tashlanadi.

- Hozir ikkiga bo'lingan Angliya bor. Bir qismi qolishni, boshqasi chiqishni istaydi. Funtning qadrsizlanishi yanada bezovta qiladi. Bu ingliz klublarining transfer bozoridagi faolliga kelajakda putur etkazishi mumkin.

- Bu kutilgandi. Ko'plab moliyaviy tahlilchilar bilan suhbatlashdim va ular qaerga yo'l olishimizni bilishmaydi. Barqaror bo'lmagan holat asabiylashtiradi.

- Futbolga e'tibor qaratsak, maoshlar pasayib, raqobat ortishi ehtimoli oshadimi?

- Ha, aniq. Maoshlar tushadi va Germaniya bilan raqobat ortadi. Lekin bu ish bilan bog'liq tavakkaldan biri va bu meni kam bezovta qilyapti. Angliyada baribir moliyaviy holat yaxshiroq. Hamyonlarning semizligi o'rtasidagi farq bu yil yana paydo bo'ladi.

Lekin uzoq yillik kelajak borasida javoblar berilishi shart bo'lgan muhim savollar bor. Angliyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Premer-ligaga ta’sir ko'rsatadimi? Liga kamroq tomoshabop bo'lsa, translyatsiya uchun pullar qisqaradi, klublar daromadi kamayadi va bu APLga ta’sir qiladi. Eng katta xavf aynan shunga berkingan.

- Evro kursidan foydalangan holda ispan, nemis yoki francuz klublari APLdan futbolchilar sotib olishini tasavvur qila olasizmi?

- Katta klublarda yulduzlarni saqlab qolishga sabablar etarli. Hozir ligamiz eng tomoshabop, lekin bu holat tarqab ketishi mumkin. Klublarning qisqa muddatli rejalari bu davrda yashab qolish uchun kuchli, lekin Angliya kuchli Premer-ligani qurishning endigina yo'lida.

Kun kelib, “Real” va “Barselona” yetakchilari Angliyada o'ynashni xohlashini aytishi haqida o'ylagandik. Biroq bu endi so'roq ostida. “Breksit” uzoq muddatli kelajakka ta’sir qiladi.

Pekinda o'tirgan odam Yevropada nima bo'layotganini bilgan davrda o'zingni hech narsa ta’sir qilmaydigan qafasga tashlash foydasizdir. Hozir Angliya xorijiy investorlardan yiliga 24 milliard olmoqda va bu katta savdo deficitini qoplamoqda. Biz noaniq holatdamiz. Men gaplashgan siyosatchilar ham nima bo'lishini bilishmaydi.

- Lekin ko'pchilik britaniyaliklar Yevropaga yo'q deyishdi.

- Menimcha, inglizlar Yevropa Ittifoqida bo'lishni xohlashmaydi emas, ularga ittifoqning avvalgi holati kerak. Chiqib ketishga ovoz berganlarning ko'pchiligi tashvishga tushib qolgan. Ular aslida avvalgi ko'rinishdagi Yevropani ko'rishni xohlashlarini aytmoqchi bo'lishgan.

Bu ko'plab davlatlarni ajratib qo'yadi. Endi global iqtisodning xavfsiz joyida bo'lmaymiz. Biz hal qila olmaydigan muammolar mavjud. Bu esa referundumda katta rol o'ynadi.

- Breksit” xalqaro boshqaruv organlari faoliyatiga ta’sir qilib, ularni yanada kuchsiz qilib qo'ymaydimi?

- FIFA va UEFAning obro'si futbolda birlik uchun muhimligiga ishonganman. FIFA atrofidagi janjallardan hayratda qoldim. Bu uning obro'sini kuchsizlantirdi. Bu futboldagi birdamlikka putur etkazadi.

- Mishel Platining futboldagi har qanday faoliyatdan 4 yilga chetlatilishi sababli UEFA yetakchilik tarafdan katta yo'qotishga duch keldi.

- Afsuski, shunday. Buni imkon boricha tezroq to'xtatish kerak. Sportni qo'llab-quvvatlaydigan markazlashgan hokimiyatga ega bo'lish muhim. Bir kun masalaning moliyaviy tarafi haqida qayg'uradigan Superliga tashkil etilishi kerak emas. Hamisha asosiy rolda futbolni rivojlantirish turishi lozim. Ha, moliyaviy tomonga ham e'tibor qaratish darkor, lekin bu birinchi o'rinda bo'lmasligi kerak. UEFA va FIFA bunga kafolat edi. Shuning uchun FIFAda ro'y bergan voqealar – juda jiddiy.

- Angliyaga Yevropa futboli kerakmi?

- Shubhasiz. Ajoyib misol bor: Angliyaga Evrokuboklardan 5 yilga chetlatilganda keyin unga boshqa mamlakatlar bilan tenglashib olishi qiyin kechgandi. Angliyaga Yevropa zarur. Shuningdek, Yevropaga Angliya ham.

Angliya ushbu sport turini kashf qilganini unutmang. Hozir barcha zarbani o'tkazib yuborgandan keyin bir oz qaltiragan holatda. Ingliz futbollari Islandiyaga yutqazganda shunday holatda bo'lmaganmikan deb o'ylayapman.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia