So’nggi yangiliklar

01:13Сергей Лушчан матбуот анжуманида Сардор Рашидов қачон сафга қайтишини айтди  0 00:34"Вильярреал" - "Атлетико"  0 00:24"Лестер" - "Тоттенхэм"  0 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:29"Ювентус" - "Комо". Кимлар асосий таркибда?  1 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  21 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  204 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5

Arsen Venger: APLning kelajagi xavf ostida Yangiliklar

Arsen Venger: APLning kelajagi xavf ostida

Futbol borasidagi chuqur bilimlari sharofati bilan professor laqabiga munosib ko'rilgan franciyalik murabbiy Arsen Venger nafaqat sport, balki siyosat bobida ham uncha-muncha arbob bilan tortisha oladi.

Negaki, u bugun ro'y berayotgan o'zgarishlar ertangi kunga qanday tasir o'tkazishi mumkinligini yaxshi tushunadi hamda mulohaza qila oladi.

SHu bois, Buyuk Britaniya davlati Evropa Ittifoqidan chiqib ketgach, ingliz jurnalistlari darhol Arsenal ustoziga yuzlanishdi. Professor esa, o'z navbatida, mazkur hodisaning futbolga, xususan, Angliya premer-ligasiga tasiri haqida fikr yuritdi.

- Janob Venger, Buyuk Britaniyaning Evroittifoqdan chiqishiga munosabatingiz qanday?


- Bu hodisa meni juda hayratga soldi. CHunki EIdan chiqish hayotimizga qanday tasir ko'rsatishini hech kim oldindan aytib bera olmaydi. Meni undan ham ko'proq hayron qoldirgani shuki, aksariyat britaniyaliklar ittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz berishdi. Dunyodagi eng zamonaviy va ko'rkam shaharlardan biri bo'lgan Londonda yashab turib, shunday yangilik eshitganimdan ajablanyapman. Aslida esa, Angliya ham ikkiga ajrab qoldi: EI tarafdorlari va buni yoqlamayotganlar.

- Funtning qadrsizlanishi kishini battar xavotirga soladi. CHunki Britaniya puli qadrsizlansa, futbol klublarining transferlar bozoridagi faolligiga ham putur etishi mumkin...


- Bu tabiiy hol. Bilasizmi, men shu kunlarda ko'plab moliyaviy tahlilchilar bilan suhbatlashdim va amin bo'ldimki, mamlakat EIdan chiqqandan so'ng ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Xuddi shu mavhumlik kishilarni ko'proq tashvishga solmoqda.

- Nima deb o'ylaysiz, endi futbolchilarning maoshlari pasayib ketmasmikan?


- Ha, bu aniq. Lekin baribir, Angliya klublari mablag' borasida qiynalishmasa kerak, menimcha. SHunday bo'lsa-da, kelajak uchun bazi savollarga oydinlik kiritib olish zarur. Negaki, EIdan chiqish ertami-kech, APLga ham o'z tasirini o'tkazmay qolmaydi. CHunonchi, qandaydir sabablar tufayli liga jozibasini yo'qotsa, teletranslyatorlar telehuquqlar uchun kamroq pul to'lashadi. Buning oqibatida klublarning daromadlari keskin pasayib ketishi hech gap emas. Men mana shuni futbolga oid eng xavfli omil deb hisoblayman.

- Tasavvur qilib ko'ring, ispan, nemis yoki francuz klublari funtning qadrsizlanishidan foydalanib, APLdagi kuchli futbolchilarni o'zlariga og'dirib olishsa...


- Angliyaning grand jamoalari yulduz futbolchilarini osonlikcha qo'yib yuborishmaydi. Ayni paytda bizning liga - dunyodagi eng jozibador chempionat. Yaqin kelajakda ham shunday bo'lib qolaveradi. Angliya kuchli premer-liga yaratishning dastlabki bosqichida turibdi. Biz shuni maqsad qilgandikki, ajoyib kunlarning birida Real yoki Barselonadagi etakchi futbolchilar shunday deyishsin: Men ham Angliyada to'p surishni istayman. Axir u erda futbolchi uchun barcha imkoniyat muhayyo. Biroq bugunga kelib bu orzu so'roq ostida qoldi. CHunki Breksit uzoq kelajakka mo'ljallangan rejalarni chippakka chiqarishi mumkin.

- Qiziq, ko'pchilik britaniyaliklarga EI yoqmay qoldi...


- Menimcha, inglizlarga Evropa Ittifoqi emas, uning bugungi qiyofasi yoqmayapti. Ittifoqdan chiqishni yoqlab ovoz berganlarning aksariyati tashkilotning hozirgi siyosatidan norozi desam yanayam to'g'riroq bo'ladi. Bu esa,  referendumga o'z tasirini o'tkazdi.

- Breksit tufayli xalqaro futbol uyushmalari zarar ko'rmasmikan?


- Men har doim bir gapni takrorlab kelganman: FIFA va UEFAning obro'si futbol birligi uchun o'ta muhim. O'tgan yili FIFA atrofida yuz bergan noxushliklar tashkilot obro'siga jiddiy zarar etkazdi. Lekin Britaniyaning EIdan chiqishi bu tashkilotlarga unchalik katta xavf tug'dirmasa kerak, deb hisoblayman.

- Mishel Platini keyingi to'rt yil davomida futbolga oid masalalardan uzoqroq yurishga mahkum etildi. UEFA esa, Platini misolida ajoyib etakchidan ayrildi...


- Ming afsuski, siz haqsiz. Bunday noxushliklarga imkon qadar tezroq chek qo'yish kerak. Platinidek buyuk shaxslar, tengsiz iqtidorlar futbol rivojiga keskin turtki bera oladi. Hozirgi holatda esa moliyaviy masalalar birinchi o'ringa chiqib qolyapti. To'g'ri, moliyaviy ishlarga ham etibor qaratish zarur. Lekin u hech qachon asosiy maqsadga xalal bermasligi kerak. SHuning uchun aytyapmanki, FIFA atrofidagi voqealar - juda jiddiy masala.

- Nima deb o'ylaysiz, Angliyaga Evropa futboli kerakmi?


- SHak-shubhasiz. Bunga bitta ajoyib misol keltirishim mumkin: Angliya 5 yil muddatga evrokuboklardan chetlatilgach (1985 yili), ular boshqalarga etib olish uchun katta mashaqqat chekishdi. SHunday ekan, Angliyaga Evropa kerak. O'z navbatida, Evropaga ham Angliya futboli juda zarur.

SHuningdek, Angliya - futbolning vatani ekanini ham unutib bo'lmaydi. Xuddi shuning uchun ham hozir hamma kichik groggi (insonning oyoqda arang turgan holati - masalan, kuchli zarbani o'tkazib yuborgan bokschi groggi holatiga tushadi) holatida turibdi. Men bazida o'ylanib qolyapman: ingliz futbolchilari Islandiya termasiga yutqazib qo'yishganida, groggi holatida bo'lmaganmikinlar?

I. RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика