So’nggi yangiliklar

23:38Конате “Реал”га ўтадими?  1 22:39Ўртоқлик ўйинлари. “Хоразм”, “Нефтчи”, “Сурхон”, “Бухоро” ва “Қизилқум” Анталияда хориж клублари билан ўйинлар ўтказишди  0 22:12Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  41 22:07АПЛ. "Арсенал" ва "Челси" рақибларига 3 тадан гол урди, "Астон Вилла" эса яна очко йўқотди  4 21:27Ўртоқлик ўйини. “Пахтакор” “Қайрат” билан дуранг ўйнади  4 21:03Ўртоқлик ўйини. “Локомотив” Чехия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 20:30БАА Про лигаси. Ўзбек дербисида Абдуллаев жамоаси Шукуров ўйнаётган "Бани Яс"ни мағлуб этди  0 20:10Футзал бўйича Осиё кубоги финали. Эрон пенальтилар сериясида Индонезияни мағлуб этиб, 14-бор бош совринни қўлга киритди  15 19:26АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  45 18:50Ўртоқлик ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасини мағлуб этди  3 18:34"Челси" форварди "Вильярреал"га ўтиши мумкин  0 18:10"Манчестер Юнайтед" Луис Энрикега мурожаат қилди. Испаниялик ўз жавобини берди  9 16:53"Барселона" Суперлигани тарк этганини эълон қилди. Лойиҳада фақат "Реал" қолди  34 15:56"Олимпик" Пролига иштирокчилари орасида йўқ, футболчи ва ходимлар 2025 йилнинг май ойидан бери маош олишмаган  7 15:49Ўртоқлик ўйини. “Бухоро” Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  3

Arpa ekib, bug'doy kutmaylik (2-qism) Yangiliklar

Arpa ekib, bug'doy kutmaylik (2-qism)

O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasining Ummondagi o'yinlari borasida Azamat Abduraimovning fikrlarini etiboringizga havola qilgandik.
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparovga quyidagi savollarga javob berdi:

1. Terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini qanday qabul qildingiz?
2. Osiyo chempionatiga qadar ko'pchilik bu jamoamizdan kamida yarim finalga chiqishini kutgandi. Ammo yakunda guruhdan chiqa olmadik. SHaxsan siz futbolchilarimizdan qanday natija kutgandingiz?
3. Tayyorgarlikka etibor qaratilmadi. Balki, muvaffaqiyatsizlikning bosh sababchisi shu omil bo'lgandir?
4. O'FF Terma jamoalar markazi terma jamoaga bosh murabbiy tanlashda xatolikka yo'l qo'ydi. Bu fikrga qo'shilasizmi?
5. Bu omadsizlikdan so'ng nimalarni o'zgartirish kerak?
6. Bosh murabbiy futbolchilarimiz Osiyo chempionatidan katta tajriba to'plashdi, degan fikrni bildiryapti. Lekin terma jamoa tarkibidagi aksariyat futbolchilar yaqindagina jahon chempionatida ishtirok etib qaytishgandi. Sizningcha, mundial saviyasi Osiyo chempionatidan balandmi?


Server Jeparovning javoblari:

1. Albatta, Osiyo chempionatida qayd etilgan bu natija futbolimiz uchun juda ayanchli. Eshitishimcha, musobaqaga ko'ngildagidek tayyorgarlik bo'lmagan. SHu o'rinda milliy terma jamoamizning 2011 yili Osiyo Kubogiga ko'rgan tayyorgarligini misol tariqasida ko'rsatishni xohlardim. Tayyorgarlikka monand natija ham bo'lgandi.  

2. Hozir kimnidir ayblash juda qiyin. Osiyo chempionatidagi ishtirokimizni tahlil qilib chiqilganidan so'ng bu savolga javob olish mumkin. Jamoa guruhdan ham chiqa olmagan ekan, demak, bunga butun jamoa birdek aybdor. Futbolchilardan tortib, murabbiylar va delegaciya rahbarlarigacha aybni o'z zimmalariga olishlari kerak. CHunki, futbol jamoaviy sport turi hisoblanadi. Rahbariyat tayyorgarlik uchun etarli sharoitlarni yaratib bermagan. Murabbiylar imkoniyatdan boricha foydalanishgan. Futbolchilar esa bir-birlarini tushunib harakat qilishmagan. Boisi, tarkib asosan 1991 va 1993 yillarda tavallud topgan o'yinchilardan tashkil topgandi. Ularning bir jamoa bo'lib o'ynashi uchun esa o'rtoqlik uchrashuvlari kerak edi.   

3. Bu fikrga to'liq qo'shilaman. Terma jamoamiz xalqaro turnirga emas, Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok etish uchun ketayotgandi. Tayyorgarlik esa shunga munosib bo'lmadi. Futbolchilarning bir-birini tushunib harakat qilishi uchun kuchli raqiblar bilan bir nechta o'yinlar tashkil etish kerak edi. Murabbiylar shu uchrashuvlarda turli taktik sxemalarni amalda qo'llab olishardi. Bu narsalarning birortasi bo'lmaganidan keyin, qanday qilib jamoamizdan ijobiy natija kutish mumkin?

4. Har qanday murabbiyga ham ishlash va tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt kerak. SHuhrat Maqsudovda bunday imkoniyat bo'lmadi. O'zi o'ylagan rejalarini amaliyotga tadbiq etgunicha, musobaqa tugab qoldi. Agar barcha terma jamoalarimiz bir hil o'yin uslubida o'ynashganida, bu murabbiyimizga ham qiyin bo'lmasdi.
 
5. Bu savolga javob berishga qiynalaman. Lekin nimadir qilish kerak.

6. Yoshlarimiz Turkiyadagi jahon chempionatida ishtirok etib, yaxshigina tajriba to'plashdi. Ammo bitta musobaqa bilan mahorat oshib qolmaydi. Tajribani oshirish uchun yillar kerak bo'ladi. Agar kuchli chempionatga ega bo'lib, yiliga kamida 30ta o'yin o'tkazganimizda, natijamiz bunday salbiy ko'rinishda bo'lmasmidi? 

Javoblarni o'qidingiz. Deyarli bir hilda savolarga javob berishdi. Hali bu mavzu juda ko'p muhokama qilinadi. Biz ko'proq bu muhokamani O'FF hamda Terma jamoalar markazi mutasaddilari qilishlarini istardik. CHunki, biz tahlil qilganimizdan foyda yo'q.
 
Kamoliddin ALIMOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика