So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  21 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Arpa ekib, bug'doy kutmaylik (1-qism) Yangiliklar

Arpa ekib, bug'doy kutmaylik (1-qism)

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Ummondagi Osiyo chempionatida o'ta muvaffaqiyatsiz tarzda ishtirok etib, guruhdan ham chiqa olmadi.
Bu omadsizlik yaxshigina tanqid qilindi. CHunki, shunga yarasha natija ham bo'ldi-da. Guruhdagi uchta o'yindan ikkitasida mag'lubiyatga uchrash bunday tarkibdagi terma jamoa uchun yarashmaydi. Bu erda futbolchilarni ham, bosh murabbiyni ham ayblash noo'rin.

Aybni O'FF Terma jamoalar markazidan izlash kerak. Aynan TJM mutasaddilari yoshlarimizning qita chempionatidagi ishtiroki uchun javob berishsin. OFKning bu yoshdagi yangi musobaqasi o'tkazilishi va unga Ummon davlati mezbonlik qilishi ancha oldin malum qilingandi. Bu jamoani Aleksey Evstafeev saralash bosqichidan olib chiqqan va tabiyki, final raundida ham qatnashishimiz aniq edi. Lekin ha deganda tayyorgarlik rejalaridan darak bo'lmadi. Yangi bosh murabbiy tayinlanadi va uning o'zi tayyorgarlik rejasini taqdim etadi, deb kutishdi. SHu bilan vaqt o'tib ketdi. Ikki haftalik naridan beri tayyorgarlik bilan qanday natijaga erishish mumkinligini Osiyo chempionati amalda ko'rsatdi. Tarkibni kuchli va u bilan qita chempionatida sovrinli o'rinlardan birini bemalol egallash mumkin, deb aytishdi.

Ha, haqiqatan ham, tarkib havas qilsa arzigulik edi. Lekin tayyorgarliksiz har qanday yulduzli tarkib bilan ham ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Markazning eng katta xatosi tayyorgarliksiz jamoani Ummonga jo'natgani bo'ldi. Toshkentdagi salkam bir hafta, Dubayda olti kun o'tkazilgan yig'inni yig'in deb atash mushkul. Boz ustiga tayinli o'rtoqlik o'yinlari ham tashkil qilinmadi. Ummon va BAAning quyi ligasidagi autsayder klublar bilan mamlakat terma jamoasining nazorat uchrashuvi o'tkazishi o'zi sharmandalik. Vaholanki, BAA va Yaman terma jamoalari manfaatli taklif bilan chiqishgandi. Markazimiz esa bunga rad javobini berdi. Endi bu ishga professional yondashish emasda hurmatli Markaz mutasaddilari. Agar munosabat o'zgarmasa, 2016-yilgi Rio olimpiadasini ham muxlislar qatori kuzatamiz. Keyin terma jamoamiz ustozining bir gapiga qo'shilish qiyin. Nima emish, bu Osiyo chempionati terma jamoa azolari uchun katta maktab bo'lganmiz. Jahon chempionatida dunyoning saralangan terma jamoalari bilan o'yin o'tkazgan futbolchilar uchun qita birinchiligi qanday qilib tajriba maktabi bo'lsin? Ummonda 22 yoshli futbolchilar juda kam edi. Boshqa jamoalar ham biz kabi Rioni ko'zlab, atayin 20 yoshli yigitlar bilan kelishgandi.

Xullas, gapirsa gap ko'p. Muhimi, birinchi galda TJM bundan to'g'ri xulosa chiqarib olishi kerak. Bo'lmasa juda qiyin. SHu o'rinda aynan 22 yoshli terma jamoamizni Osiyo chempionatining final bosqichiga olib chiqishda mehnati singan mutaxassis, o'sha paytdagi terma jamoa katta murabbiyi Azamat Abduraimov hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparovning fikrlarini hukmingizga havola qilamiz. Ularga oltita savol bilan murojaat qildik.

1. Terma jamoamizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokini qanday qabul qildingiz?
2. Osiyo chempionatiga qadar ko'pchilik bu jamoamizdan kamida yarim finalga chiqishini kutgandi. Ammo yakunda guruhdan chiqa olmadik. SHaxsan siz futbolchilarimizdan qanday natija kutgandingiz?
3. Tayyorgarlikka etibor qaratilmadi. Balki, muvaffaqiyatsizlikning bosh sababchisi shu omil bo'lgandir?
4. O'FF Terma jamoalar markazi terma jamoaga bosh murabbiy tanlashda xatolikka yo'l qo'ydi. Bu fikrga qo'shilasizmi?
5. Bu omadsizlikdan so'ng nimalarni o'zgartirish kerak?
6. Bosh murabbiy futbolchilarimiz Osiyo chempionatidan katta tajriba to'plashdi, degan fikrni bildiryapti. Lekin terma jamoa tarkibidagi aksariyat futbolchilar yaqindagina jahon chempionatida ishtirok etib qaytishgandi. Sizningcha, mundial saviyasi Osiyo chempionatidan balandmi?

Azamat Abduraimov:

1. Ha, ming afsuski, biz Osiyo chempionatida o'ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etdik. To'g'risini aytsam, men bunday bo'lishini umuman kutmagandim. Kutish u yoqda tursin, hayolimga ham keltirmagandim. Sababi, biz Aleksey Evstafeev bilan birga bu terma jamoani qita chempionatining final bosqichiga olib chiqqandik. Ham 1991, ham 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan ishlash nasib qilgandi.  SHu bois, jamoadagi yigitlarning nimalarga qodir ekanligini juda yaxshi bilardim. Tarkibda juda istedodli futbolchilar jam bo'lishgandi. Ularning ayrimlari xatto milliy terma jamoada ham o'ynashga ulgurishgandi. Aynan shu holat juda achinarli bo'ldi. Haqiqatan ham, bu jamoa bilan kamida kuchli uchlikdan joy olish mumkin edi. Guruhni mag'lubiyat bilan boshlashga yaqin turgandik. Omad tufayli so'nggi daqiqalarda kiritilgan ikki gol terma jamoamizga startdagi muhim uch ochkoni taqdim etgandi. O'ylaymanki, musobaqa mayda detallarigacha muhokama va chuqur tahlil qilinadi. Ozgina vaqt o'tishi kerak. Ehtiroslar so'nganidan keyin sovuq bosh bilan xatolarni birma-bir ko'rib chiqish lozim. Xato va kamchiliklar esa uchchala o'yinda ham etarlicha bo'ldi. Himoyada ham, hujum chizig'ida ham ko'plab xatoliklarga yo'l qo'yildi. Eng katta kamchiligimiz - terma jamoamizda o'yinning o'zi bo'lmadi. Oldindan o'ylangan taktik sxemalar, chiziqlar orasidagi bog'liqlik, avvaldan rejalashtirilgan kombinaciyalar, umuman o'yin tuzilishining o'zi bizda yo'q edi. Ahir, qaerdan ham bo'lsin? Qita chempionatiga tayyorgarlik musobaqa boshlanishiga atigi ikki hafta qolganda boshlangan bo'lsa, yana qanday natija kutish mumkin edi? Zamonaviy futbolda mo'jizalarni kutish shart emas, chunki u bo'lmaydi. Qanday munosabatda bo'lgan bo'lsak, shunday natija qayd etildi.

2. SHaxsiy fikrim, Osiyo chempionatiga jangovor tarkib yo'l olgandi. Afsuski, Ummonda bizga SHoxruh Gadoev etishmadi. Nasaf yarim himoyachisi Nepaldagi saralash bahslarida tarkibdagi eng yaxshi futbolchilardan biri bo'lgandi. To'purarlik mahoratini ham namoyish etgandi. O'sha Nepaldagi saralashdan so'ng Mirjalol Qosimov mendan qaysi futbolchilar o'zini ko'rsatgani va milliy terma jamoaga kimlarni tavsiya qilishim mumkingini so'ragandi. Men esa hech ikkilanmasdan SHoxruhni tavsiya qilgandim. Keyin bizga Eldor Suyunov ham etishmadi. Saralash bosqichida bu darvozabonimiz ajoyib o'yin namoyish etgandi. Buning natijasi o'laroq Qosimov tomonidan Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqich doirasidagi Vetnam hamda Gonkongga qarshi kechgan uchrashuvlarga taklif etildi. Xullas, yana bir bor takrorlayman, bu tarkib bilan kamida yarim finalga qadar etib borib, sovrinli o'rinlardan birini bemalol qo'lga kiritish mumkin edi. SHunchaki, so'zda emas, amalda ham isbotlasa bo'lardi.

3. Albatta, musobaqaning o'tkazilish muddati biz uchun biroz noqulay vaqtga to'g'ri keldi. Oliy liga o'yinlari noyabr oyida yakunlandi. Futbolchilarimiz dekabr oyining o'rtalarida o'z klublari tarkibida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashgan bir paytda, Saudiya Arabistonida chempionat ayni qizigan davr edi. SHaxsan o'zim ham futbolchi sifatida Saudiya chempionatida o'ynaganman. SHu narsa ham tasir qilgan bo'lishi mumkin. Lekin bu hech qanaqasiga bahona bo'la olmaydi. Xuddi shunga o'xshash holatda, aniqrog'i 2011 yilning yanvarida Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida milliy terma jamoamiz yarim finalga qadar etib borgandi. Yodingizda bo'lsa, o'shanda Vadim Abramov jamoasi bilan bir oydan oshiqroq vaqt mobaynida qita chempionatiga tayyorgarlik ko'rgandi. BAA va Tunisda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etilgandi. Bir nechta nazorat o'yirnlari o'tkazilgandi. Albatta, keyinchalik bu tayyorgarlik o'z mevasini bergandi. Ummondagi Osiyo chempionatiga ikki haftagina tayyorgarlik ko'rganimiz etmaganidek, xatto terma jamoa darajasidagi raqiblar bilan sparing nazorat uchrashuvlari ham tashkil etilmadi. Bunday yuqori darajadagi o'yinlarsiz 1991 va 1993 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat ikki hil tarkibdan jamoaviy o'yinni kutish juda mushkul edi. Amalda shunday ham bo'lib chiqdi. Agar tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt va tuzukroq raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etilganida, aminmanki, natija ham hozirgisidan ancha yaxshiroq bo'lardi.   

4. Futbol o'zi shunday sport turi. Mag'lubiyat va muvaffaqiyatsizlik uchun hamisha bosh murabbiy aybdor bo'lgan. Avval ham shunday edi, bundan keyin ham vaziyat o'zgarmasligiga ishonchim komil. Bu erda biror narsani o'zgartira olmaysiz. Murabbiylikning qismati shunday. Ummondagi qita chempionatiga kelsak, shaxsan men barcha omadsizlikda bosh murabbiyni ayblamagan bo'lardim. Bu musobaqa SHuhrat Maqsudov uchun debyut edi. SHuhrat mening do'stim hisoblanadi, u bilan birga bundan 20 yil avval Xirosimadagi biz uchun haligacha tarixiy bo'lib kelayotgan Osiyo o'yinlarida g'olib chiqqandik. Murabbiylikdagi faoliyati davomida u shu paytgacha faqat yordamchi bo'lib keldi. Birdaniga mamlakat terma jamoasini topshirishdi. Boz ustiga tayyorgarliksiz nufuzli va masuliyatli musobaqaga jo'natishdi. SHuhrat o'z nomi bilan faqat ijobiy natija uchun kurashadigan inson. Uning xarakterini bilganim uchun bu so'zlarni aytyapman. Bu erda aybdorlarni izlagandan foyda yo'q. Lekin musobaqadagi ishtirokimizni boshidan ohirigacha, ipidan ignasigacha chuqur tahlil qilib chiqish shart. Keyinchalik boshqa bunday xatoliklarga yo'l qo'ymaslik uchun ham ishtirokimiz tahlilga muhtoj. O'ylaymanki, O'FF Terma jamoalar markazi mutasaddilari Osiyo chempionatidagi omadsiz ishtirokimizni shunchaki tashlab qo'yishmaydi.

5. Futbolchilar ham, murabbiylar ham bu musobaqadan o'zlariga yarasha tajriba olishdi. Tarkibdagi aksariyat futbolchilar siz aytgandek Turkiyadagi jahon chempionatida ham yaxshigina tajriba to'plashgandi. Bu narsa vaqti kelib albatta as qotadi. To'g'ri, jahon va Osiyo chempionatlari o'rtasida saviya jihatidan katta farq bor. Lekin mundialga biz saralash bahslaridan so'ng yo'llanma olamiz. SHu bois, biz baribir birinchi galda o'z qitamizda kuchli ekanligimizni isbotlashimiz kerak. Takror aytaman, ishtirokimizni chuqur tahlil qilish zarur. Murabbiy xatolikka yo'l qo'ydimi, futbolchilar o'z imkoniyatlari darajasida o'ynay olishmadimi yoki o'ynashni istashmadimi, Terma jamoalar markazi bunga aybdormi, xullas, hammasini tarozuga qo'yib, keyin yakuniy xulosani chiqarish kerak. Ummondagi Osiyo chempionati bizga har tomonlaman saboq bo'lishi lozim.   


Birozdan so'ng Server Jeparovning javoblari taqdim etiladi.

Kamoliddin ALIMOV
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика