Arne Slot "Liverpul"ning asosiy maqsadini aytdi

Mirjalol Normatov
6 dek 2025, 11:35
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoasi kuchli to'rtlikka qaytishga harakat qilayotganini aytdi.

14 turdan keyin mersisaydliklar 22 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.

"Fikrimcha, bu holat APLning ushbu mavsumi qanday o'tayotganini ko'rsatadi. O'tgan mavsumdagiga qaraganda jamoalar anchagina yuksalgan, chunki barcha jamoalarda pul ko'paygan.

Hozirgi asosiy maqsadimiz - kuchli to'rtlikka qaytish. Biz hozirgi holatimizdan mamnun emasmiz", - dedi Slot.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN