Argentina terma jamoasi sobiq azosi Demichelis "River Pleyt"ni boshqaradi
15 noy 2022 12:30
Yangiliklar
Argentina terma jamoasi sobiq azosi Demichelis "River Pleyt"ni boshqaradi
Argentinalik sobiq himoyachi Martin Demichelis "River Pleyt" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi, deb xabar berdi "Bavariya" matbuot xizmati.
"Men Evropaga "River Pleyt"dan kelganman, endi esa murabbiy sifatida boshqa maqomda ketyapman. Bu aql bovar qilmaydigan voqelik edi va men ikki marta "Bavariya" oilasida bo'lganimdan faxrlanaman. Men bilan birga bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildiraman", – dedi murabbiy.
41 yoshli Demichelis 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U Ispaniyaning "Malaga” va “Bavariya” klublari tizimida ishlagan. 2021 yilda Myunxen klubi o'rinbosarlar tarkibida faoliyat yuritgan.
Demichelis futbolchi sifatida "River Pleyt"da o'ynagan. Keyin Evropaga jo'nab ketgan. Bundan tashqari, Germaniya, Ispaniya va Angliya chempionatlarida to'p tepgan. Argentina terma jamoasida 50 dan ortiq o'yin o'tkazgan.
Fikrlar