Argentina terma jamoasi darvozaboni Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'lgach, psixolog bilan maslahatlashdi
28 noy 2022 00:09
Yangiliklar
Argentina terma jamoasi darvozaboni Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'lgach, psixolog bilan maslahatlashdi
Argentina terma jamoasi jahon chempionatining ilk uchrashuvida Saudiya Arabistoniga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, o'z muxlislarini hayratda qoldirdi.
Jamoa darvozaboni Emiliano Martines o'yindan so'ng psixolog bilan maslahatlashgan. Bu haqda u Meksika ustidan 2:0 hisobida zafar quchgan bahsdan keyin aytib o'tdi.
"SHu kunlarda juda ko'p azob chekdim. Psixolog bilan suhbatlashdim, chunki o'sha uchrashuvda ikkita zarbadan ikkita gol o'tkazib yubordim. Ortimda 45 million argentinalik qarab turgandi va men ular kutganidan ko'prog'ini isbotlashim kerak edi", - dedi Martines.
Argentina jahon chempionatidagi navbatdagi o'yinini 30 noyabr kuni Polshaga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar