Argentina enga olmagan Venesuela Kataloniya terma jamoasiga mag'lub bo'ldi
26 mar 2019 12:25
Yangiliklar
Argentina enga olmagan Venesuela Kataloniya terma jamoasiga mag'lub bo'ldi
Kataloniya terma jamoasi Venesuelaga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozondi.
O'yin Jironadagi "Munisipal de Montilivi" stadionida o'tkazildi va 2:1 hisobida mezbonlar g'alabasi bilan yakunlandi.
Kataloniyaliklar 53-daqiqada hisobni ochishdi - "Stok Siti" hujumchisi Boyan Krkich gol urdi. Olti daqiqa o'tib mehmonlar "Espanol" himoyachisi Roberto Rosales yordamida hisobni tenglashtirishdi. 88-daqiqada mezbonlar g'alaba to'pini kiritishdi. "Espanol" hujumchisi Xaver Puado o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
Kataloniya terma jamoasi safida Aleysh Vidal, Jerar Pike, Mark Bartra, Martin Montoyya va Oriol Romeu kabi futbolchilar maydonga tushishdi.
Fikrlar