So’nggi yangiliklar

17:51Жароҳатдан кейинги катта сакраш: "Барселона" ёш истеъдод учун курашмоқда  0 17:23Фабрегас Моратани "Комо"га таклиф қилмоқчи  2 16:56Кореяда хорижлик дарвозабонларга қўйилган тақиқ бекор қилинди  1 16:29Умиджон Эргашев: "ОКМК билан ўйинда бизни ғалабадан бошқа натижа қониқтирмайди"  1 16:00Элдор Шомуродовнинг Туркияга йўл олиши футболчининг фойдасига ишлайдими ёки зарарига?  9 15:44Кумир билан учрашув: Ямаль Бразилияда Неймар билан бирга футбол ўйнади  3 15:19Ғолиб номи аниқланмаган "Андижон" – "Қизилқум" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 14:55Наримон Аҳмаджонов: "Мураббий ишончини бор кучим билан оқлашга ҳаракат қиляпман"  1 14:33Райс, Бруну, Салоҳ... ПФА АПЛда йилнинг энг яхши футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  7 14:05"8 сония" қоидаси биринчи марта КЖЧда қўлланди  3 13:34"Биз у билан яна боғланамиз". Мареска Мудрикнинг дисквалификациясига изоҳ берди  0 13:08Эрнан Креспо "Сан-Паулу" бошқарувига қайтди  0 12:40Қозоғистонлик депутат: "Қозоғистон ўз камчиликлари устида ишлаши ва бошқаларнинг муваффақиятидан сабаб изламаслиги керак"  4 12:14Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси ўқув-машғулот йиғинига киришмоқда  1 11:48ЎзФҲМ "Андижон" – "Қизилқум" ўйинида юзага келган баҳсли вазият бўйича изоҳ берди  19

Aren Robben: Bavariya uchun eng yirik turnir – ECHL Yangiliklar

Aren Robben: Bavariya uchun eng yirik turnir – ECHL

Teglar :  Aren RobbenBavariya
Myunxenning Bavariya klubi yarim himoyachisi Aren Robben Football Daily nashriga bergan intervyusida ishqibozlarning yangi bosh murabbiy, Borussiyaga qarshi kechgan ECHL finali hamda jamoadagi sheriklari haqidagi savollariga javob qaytardi.

- Sizga Anchelotti bilan ishlash yoqadimi?

- Ushbu mutaxassisga ortiqcha tarif berishga hojat yo'q - Anchelottining tajribasi uning qanday shaxs ekanini yaqqol ko'rsatib turibdi. Jahon darajasidagi murabbiy. O'ylashimcha, u boshlagan ishimizni ko'ngildagidek davom ettirishga yordamlashadi. So'nggi yillarda o'ta yuksak saviyada o'yin namoyish etyapmiz. Balki Anchelotti yirik sovrinni qo'lga kiritishimiz uchun zarur bo'lgan, eng muhim pallalarda bizga etishmagan qandaydir o'zgartirishlarga qo'l urar.

- Bundesliga - ikkinchi darajali musobaqami?

- Yo'q, albatta, ammo biz uchun eng yirik sovrin - bu Evropa CHempionlar Ligasi kubogi.

- Sizga qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachi kim?

- Doimo muayyan bir kishini tanlash qiyin. Barcha kuchli jamoalarda ajoyib himoyachilar o'ynashadi. Biroq ularning hammasida ojiz nuqta borligini ham unutmaslik darkor. Mening vazifam - shunday nuqsonlarni aniqlab, shunga yarasha chora qo'llash.

- Tomas Myuller hamisha jamoadoshlari bilan hazillashadimi?

- Ha, u quvnoq yigit. Jamoada shunday xushchaqchaq futbolchilarning bo'lgani yaxshi, muntazam tabassum qilish - foydali.

- Evropa futbolining boshqa grandlari safida ham o'ynagansiz, ammo Bavariyada ko'proq ishlashingizga to'g'ri keldi. SHunday emasmi?

- Bu erda meni hamma narsa qoniqtiradi, o'ylashimcha, biz jahonning eng buyuk klublaridan birimiz. O'z navbatida, Madridning Reali hamda Lodonning CHelsisi haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Sayyoramizning ajoyib uch klubi safida o'ynaganim - men uchun sharaf. Bavariyada esa o'zimni xuddi uyimdagidek his qilaman.

- Siz bilan bir jamoada o'ynagan eng yaxshi futbolchi kim?

- Kimnidir ajratib ko'rsatolmayman, bu adolatdan emas.

- Ko'hna qitaning uchta eng yirik chempionatlarida qatnashish baxtiga muyassar bo'lgansiz: bundesliga, premer-liga va la-liga. Xo'sh, ulardan qaysi biri kuchliroq?

- Har birining o'ziga yarasha jozibasi bor. Angliyada ham, Ispaniyada ham hamma narsadan rohatlanganman. La-ligada futbolchilardan yuksak texnika talab etiladi, tumanli o'lkada esa asosiy etibor jismoniy mukammallikka qaratiladi. Germaniyada biroz boshqacha. Premer-ligada bir xillik ko'zga tashlanadi, ammo har bir uchrashuvda stadionlar muxlislar bilan liq to'ladi. Yangi o'yin hamisha yangi talablarni o'rtaga tashlaydi.

- Deyarli barcha yirik sovrinlarni qo'lga kiritganingizni inobatga olsak, eng muhim yutuq sifatida qaysi birini ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Albatta, CHempionlar Ligasi. Axir o'shanda biz trebl qayd etdik. Bu hozircha faoliyatimning eng yorqin pallasi bo'lib turibdi.

- Sizga futbolda eng ko'p yoqqan narsa nima?

- Hamma narsa yoqadi: shug'ullanish, o'ynash - maydonda o'tkazgan har bir soniyadan rohatlanaman. Alyanc-Arenada bo'lib o'tgan har bir o'yin - bu haqiqiy bayram.

- Evropa CHempionlar Ligasi finalida Borussiya darvozasini ishg'ol qilganingizda ko'nglingizdan qanday xayollar kechgan?

- Quvonchim ichimga sig'magan, axir bir yil avvalgi finalda yutqazgandik. Yangi mavsumda esa xatolardan to'g'ri xulosa yasab, nihoyat, niyatimizga etdik. O'ylashimcha, har bir bolakay ham ECHL finalida gol urishni xohlaydi - ayniqsa, so'nggi daqiqalarda.

- Juda tezkor futbolchisiz. Bu borada Bavariya futbolchilaridan qaysi biri sizdan o'zishi mumkin?

- Kingsli Koman, Duglas Kosta va Frank Riberi bor. Ularning barchasi ajoyib tezlikka ega.

- Kiyinish xonasidagi eng aqlli futbolchi kim?

- Menimcha, Filipp Lam. SHuning uchun ham u sardor hisoblanadi.

- Kiyinish bobida eng didi yomon o'yinchi kimligini aniq ayta olasizmi?

- Bizda hamma chiroyli kiyinadi, barchaning o'ziga yarasha ajoyib didi bor.


O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика