Arda Turan xotiniga savol bergan jurnalistning "boshini yormoqchi" bo'ldi
26 mar 2018 09:01
Yangiliklar
Arda Turan xotiniga savol bergan jurnalistning "boshini yormoqchi" bo'ldi
"Istanbul" klubi yarim himoyachisi Arda Turan turmush o'rtog'iga savollar bilan murojaat qilgan jurnalistga do'q qildi.
Restoranlardan biridan chiqishda futbolist va uning xotinini jurnalistlar o'rab olib bir qator savollar bilan murojaat qilishdi. Ular orasida yaqindagina bo'lib o'tgan to'y u qadar dabdabali o'tmagani haqidagi savol ham bor edi.
Futbolchining xotini bunga javoban qo'li bilan og'zini yopdi. Jurnalistlar buni ko'rib shunday savol berishdi: "Arda gapirishni taqiqladimi?".
Turanning bundan jahli chiqdi: "Iltimos hurmat bilan, yo'qsa sening boshingni yoraman. Sen mening xotinim bilan gaplashayapsan".
SHundan so'ng Turan va turmush o'rtog'i taksida voqea joyidan ketishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar