So’nggi yangiliklar

15:33"Навбаҳор" "Локомотив"га ҳеч қандай имконият қолдирмаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:11Марказий Осиё. Фақатгина Қозоғистонда етакчи ўзгарди, қолган мамлакатларнинг чемпионатларида ҳаммаси ўз ўрнида  1 14:59Шенсни яна "Арсенал"да ўйнайдими?  0 14:30Тен Хаг раҳбариятдан "Манчестер Юнайтед" таркибини кучайтиришни сўради  3 14:04Аргентина терма жамоаси ва "Барселона" собиқ бош мураббийи ҳаётдан кўз юмди  1 13:38"Бавария" Гвардиолани қайтаришни истамоқда  6 13:15Евро-2024да кийиниш хоналарида футболчиларга етарли жой бўлмаслиги мумкин  0 12:55Ўзбекистонни Олимпиадага олиб чиққан дўппи аукционга қўйилди! Ҳозирги нарх 20 миллион сўмдан ошди!   15 12:40Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1 12:18"Сурхон" чемпионат аутсайдери "Бунёдкор" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:02"Челси" Тухелни қайтариши мумкин  4 11:39Яна бир мураббий "Бавария"га ўтиш истаги йўқлигини айтди  7 11:12"Аякс" янги мураббий тайинлайди. Бор-йўғи икки нафар номзод бор  2 10:50Қозоғистонлик миллиардер Англия клубини сотиб олди  12 10:22Килиан Мбаппе: «Биз финалга чиқамиз»  3

"Arda Turan bilan suhbat, Rayan Babel, "Bunyodkor" va qaysi raqamni tanlagani" - Jahongir O'rozovning "Eyupspor"ga o'tganidan keyingi ilk intervyusi Yangiliklar

"Arda Turan bilan suhbat, Rayan Babel, "Bunyodkor" va qaysi raqamni tanlagani" - Jahongir O'rozovning "Eyupspor"ga o'tganidan keyingi ilk intervyusi

Xorijda legionerlarimizning soni oshayotgani va ularning yaxshi saviyadagi jamoalarga borib qo'shilayotgani quvonarli holat.

"Bunyodkor"ning 20 yoshli himoyachisi Jahongir O'rozov Turkiya Birinchi ligasi vakili, Arda Turan murabbiylik qilayotgan "Eyupspor" klubi bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi saytimizga yangi jamoasiga o'tganidan keyin ilk bor intervyu berdi. 

-  "Bunyodkor" bilan xayrlashish qanday bo'ldi? Jamoani qanday taassurotlar bilan tark etdingiz? 

- "Bunyodkor" — ahil jamoa. Bu klubda o'tkazgan har bir kunim yodda qolarli bo'ldi. Mehnat qilayotgan barchaga rahmat aytaman. Jamoaga har bir uchrashuvda omad tilayman. "Bunyodkor" har doim qalbimda qoladi. Jamoani unutmayman. 

- Yozda sizga xorijdan takliflar ko'paydi. Bunda Osiyo chempionati va Jahon chempionatining ham effekti bo'ldimi?

- To'g'ri, yozda ko'plab jamoalardan takliflar bo'ldi. Lekin menga Turkiya klubidan tushgan chorlov maqul keldi. Sababi jamoa oldiga yuqori ligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. Jamoada ko'plab jahon yulduzlari to'p tepadi. Jamoani ertasi borligi "Eyupspor"ni tanlashimga turtki bo'ldi. Osiyo va Jahon chempionati bu borada xorij chempionatiga chipta vazifasini o'tadi. 

- Turkiya Evropa sari tashlangan ilk qadammi? Umuman "Eyupspor" haqidagi ilk fikrlaringizni aytib bersangiz. 

- Albatta. Maqsadim — Evropada to'p tepish. Klubda barcha sharoitlar yaratilgan, bu meni qoniqtirdi. Hammasi professional tarzda tashkil etilgan. Arda Turan tezda jamoaga moslashib, himoyada yordam berishimni aytmoqda. 

- "Atletiko" va "Barselona" sobiq futbolchisi bilan ilk suhbatda nimalar muhokama qilindi? 

- Suhbatimiz uzoq kechmadi. Professional murabbiy ekanligi sezilib turibdi. Jamoaga qo'shilganimdan xursandligini yashirmadi. 

- Qaysi raqamni tanladingiz? 

- 44-raqamni tanladim. 

- Bunda qandaydir ramziy mano yashiringanmi? 

- Raqam tanlab o'ynaydigan futbolchi emasman. Buning hech qanday manosi yo'q. 

- Jamoada taniqli niderlandiyalik futbolchi Rayan Babel o'ynaydi. U jamoada qaysi sifatlari bilan ajralib turadi? 

- Babel o'z ishining ustasi. Inson sifatida yoshlarga o'rnak bo'lishi mumkin. Xulq-atvori yaxshi ekanligini payqash qiyin emas. 

- Qaysi himoyachilarga havas qilasiz? 

- O'zbekistonda Anzur Ismoilovning o'yinlari maqul keladi. Evropada — Jorjio Kellini. 

- "Bunyodkor"ning muvaffaqiyat qozonishiga nima etishmayapti? Klub o'rtamiyonalar safiga qo'shilib qolgani nima sababdan deb o'ylaysiz? 

- Har bir klubda o'sish va pasayish bo'ladi. Bu futbolning yozilmagan qonuni. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика