Archil Arveladze Tbilisi shahri meriga aylanishi mumkin
23 iyu 2021 23:54
Yangiliklar
Archil Arveladze Tbilisi shahri meriga aylanishi mumkin
"Paxtakor"ning sobiq murabbiyi Archil Arveladze Tbilisi shahri meriga aylanishi mumkin.
Mahalliy "Sputnik" nashrining yozishicha, "Gruziya uchun" partiyasi ayni damda Archilning nomzodini qo'llab-quvvatlamoqda. Ayni damda esa sobiq futbolchi Kaxa Kaladze Tbilisi shahri meri hisoblanadi. "Gruziya orzusi" partiyasi esa uni qo'llamoqda.
Oktyabr oyida bo'ladigan saylovlardan oldin Archil va Kaxa Tbilisi shahri merligi uchun asosiy nomzodlar bo'lib turibdi.
Fikrlar