Arauxo mundialni o'tkazib yuborishi kutilmoqda
26 sen 2022 22:35
Yangiliklar
Arauxo mundialni o'tkazib yuborishi kutilmoqda
"Barselona"dagilar himoyachi Ronald Arauxo operaciya qilinishini tasdiqladi.
23 yoshli futbolchi 28 sentyabr kuni Finlyandiyada jarrohlik amaliyotidan o'tkaziladi. U o'ng oyog'i son sohasi suyagida sinish holati kuzatilgan. Hozircha uning qachon safga qaytishi malum qilinmagan. Ammo shifokorlarning aytishiga ko'ra, bunday jarohatlardan keyin tiklanish vaqti odatda 3 oyni tashkil qiladi.
SHu orqali uning 20 noyabr kuni start oladigan jahon chempionatida qatnashish ehtimoli past baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Arauxo Eronga (0:1) qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar