Arauxo jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va 3 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishi mumkin
28 sen 2022 16:16
Yangiliklar


Arauxo jarrohlik amaliyotini o'tkazdi va 3 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi.
Jarrohlik amaliyoti Finlyandiyada jarroh Lasse Lempaynen tomonidan o'tkazildi. "Ko'k-anorranglilar" vakillari jarayon davomida futbolchi bilan birga bo'lishdi.
23 yoshli markaziy himoyachi Urugvayning Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi (0:1).
Malumotlarga qaraganda, Arauxo safga qaytishi uchun taxminan 3 oy vaqt kerak bo'ladi.
SHunday qilib, Arauxoning 20 noyabr kuni start oladigan JCH-2022da ishtirok etish ehtimoli juda past, ammo futbolchi musobaqagacha safga qaytish yo'lida qo'lidan kelgan barcha ishni qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar