So’nggi yangiliklar

10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  3 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  22 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  19 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  5 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  8 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  169 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6

Arab matbuoti: Saudiyalik futbolchilar legioner bo'lmaguncha Olimpiada va jahonda o'zimizni ko'rsata olmaymiz Yangiliklar

Arab matbuoti: Saudiyalik futbolchilar legioner bo'lmaguncha Olimpiada va jahonda o'zimizni ko'rsata olmaymiz

Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida Saudiya Arabistoni terma jamoasi guruhdagi uchala o'yinda ham imkoniyatni boy berdi.

Saudiyalik olimpiyachilar guruh bahslarini Kot-D'Ivuar, Germaniya va Braziliyaga qarshi o'tkazib mag'lubiyatga uchrashdi. Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bu o'yinlarda 4ta gol urib, o'z darvozasidan 8 bor to'p o'tkazib yubordi. 

Ushbu natijadan so'ng arab matbuoti terma jamoaning Olimpiadagi ishtirokini tahlil qildi va eng asosiy muammo sifatida futbolchilarning legioner emasligiga etibor qaratdi. Xususan matbuot bu haqda shunday yozadi: 

"Olimpiya o'yinlari guruh bosqichida 16ta jamoa qatnashgan bo'lsa, faqat Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibi to'liq 100 foiz mahalliy futbolchilardan iborat bo'ldi. SHuning o'ziyoq bemalol ko'p tortishuvlarga sabab bo'la oladi. "Al Nasr" klubi prezidenti Musalli Al Muammar bu haqda shunday dedi: "Saudiya Arabistoni Olimpiya o'yinlarida yaxshi futbol ko'rsatdi, biroq natija ijobiy bo'lmadi. Terma jamoa ustozi Saad Al SHehri eng kuchli futbolchilarni yig'a oldi, biroq muammo shundaki, bu futbolchilarning hech biri Evropada o'ynamaydi. Agar biz terma jamoalarimizdan yaxshi natija xohlasak, futbolchilar albatta Evropaga ketishlari kerak". 

"Albatta, "Al Nassr" klubi prezidenti gaplarida jon bor. Masalan, Yaponiya termasi safida Takefusa Kubo o'ynayapti. Yoki bo'lmasa Janubiy Koreyada Li Kang In harakat qilyapti. Har ikki futbolchi ham legioner. Li Kang In 2019 yil bo'lib o'tgan U-20 jahon chempionatida musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va shundan so'ng "Valensiya"ga yo'l oldi. Takefusa Kubo esa "Barselona" akademiyasida tahsil oldi. Mana endi oradan vaqt o'tib har ikki futbolchi pishib etildi va o'z terma jamoalarini muvaffaqiyat sari etaklayapti".

"Umuman olganda, Yaponiya bilan Janubiy Koreyada legionerlar ko'p, futbolchilar yosh paytidayoq Evropaga ketadi, shu bois ham ularning terma jamoasi Olimpiada va jahon chempionatida guruhdan chiqishni uddalay oladi. Saudiya Arabistoni milliy chempionati kuchli, bunga shubha yo'q. Bizning chempionat raqobat borasida bemalol Janubiy Koreya va Yaponiya bilan bellasha oladi. Biroq muammo shundaki, yapon va koreyslar o'sish uchun chetga ketadi, biznikilar esa oxirigacha shu erda qolishadi. Ular Bundesliga, APL, A Seriya va La Ligaga borib rivojlanyapti. Biz uchun esa eng yuqori chegara Saudiya Proligasi bo'lib qolyapti. SHunday ekan, Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi bu mavzuda jiddiy bosh qotirmasa bo'lmaydi".

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика