Ar-Rayyandagi stadion o'yinlarga tayyor emas, klublar o'rtasidagi JCH finali stadioni o'zgardi
07 dek 2019 19:44
Yangiliklar


Ar-Rayyandagi stadion o'yinlarga tayyor emas, klublar o'rtasidagi JCH finali stadioni o'zgardi
Qatarning Ar-Rayyan shahridagi "Education City Stadium" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan klublar o'rtasidagi JCH hal qiluvchi bahslari boshqa joyga ko'chirildi.
40 ming muxlisni o'z bag'riga sig'diradigan stadion musobaqaning yarim finali, 3-o'rin uchun bahsi va finalini o'zida qabul qilishi kerak edi.
Stadionning qurilish ishlari yakunlangan, biroq u hali sinovdan o'tkazilmagan.
SHu boisdan FIFA qaroriga ko'ra, "Education City Stadium" stadionidagi o'yinlar Xalifadagi "Xalqaro stadion"ga ko'chirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar