AQSH ayollar terma jamoasi futbolchisi davlat madhiyasi paytida sukut saqlagani uchun bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi
24 iyu 2023 22:27
Yangiliklar
AQSH ayollar terma jamoasi futbolchisi davlat madhiyasi paytida sukut saqlagani uchun bildirilgan tanqidlarga javob qaytardi
AQSH ayollarining Vetnamga qarshi jahon chempionati o'yinidan oldin ko'pchilik terma jamoaning davlat madhiyasini kuylamagani uchun tanqidlar to'lqiniga munosabat bildirildi.
"Maydonga tushgach, o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz, shu sababli, davlat madhiyasi asosiy etiborimiz markazida bo'lmaydi. SHuni aytishim mumkinki, har bir futbolchi tanlash huquqiga ega", - dedi milliy terma jamoa himoyachisi Naomi Girma.
Eslatib o'tamiz, AQSH ayollar terma jamoasi so'nggi bir necha kun ichida keskin tanqidlarga uchradi. AQSH davlat madhiyasi yangrayotganda faqat uchta qiz madhiyani ijro etgan. Qolganlar esa sukut saqlagan.
Jamoa sardori Megan Rapinoning davlat madhiyasi bilan munosabati yaxshi emas. 2016 yilning sentyabr oyida u Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yini avvalidagi davlat madhiyasi ijrosi chog'ida tiz cho'kib, policiya zo'ravonligiga qarshi gapirib, gazeta sarlavhalaridan o'rin olgandi.
Fikrlar