So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  0 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi Yangiliklar

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar elon qilindi

Teglar :  SuperligaPFL
Championat.asia sayti va PFL joriy mavsum Superligada oyning eng yaxshilarini birgalikda aniqlashni boshlab yuborganidan xabaringiz bor.

Demak, PFL hamda Championat.asia aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlarni taqdim etdi. Bu safar bu nomni qo'lga kiritish uchun 5 nafar mutaxassis kurash olib boradi, yodingizda bo'lsa mart oyida 4 murabbiy kurashgan va yakunda "Bunyodkor" ustozi Mirjalol Qosimov eng yaxshi bo'lgan edi.

Superligada aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga davogarlar:

Ulug'bek Baqoev — "Buxoro"
SHota Arveladze — "Paxtakor"
No'mon Hasanov — "Qo'qon-1912"
Sergey Lushan — "So'g'diyona"
Andrey Fyodorov — "Lokomotiv".

Mart oyi yakunlariga ko'ra, “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirgandi. Aprel oyini ham “Bunyodkor” ketma-ket ikki g'alaba bilan boshlagandi. Biroq keyingi uch turda “qaldirg'ochlar”dan omad yuz o'girdi.

Xo'sh, yuqorida nomlari ko'rsatilgan murabbiylar yakuniga etgan oyda qanday ishlarni amalga oshirdi?

Ulug'bek Baqoev — 5ta o'yin: 4ta g'alaba va 1ta mag'lubiyat

“Buxoro” ustozi so'zsiz eng yaxshi bo'lib kelayotgandi. Biroq 29 aprel kuni uning jamoasi Bekobodda mag'lub bo'ldi. SHunga qaramay, “Paxtakor” ustidan qozonilgan g'alaba hamda AGMK bilan o'yindagi kambekni unutish qiyin. Ayni vaqtda “Buxoro” turnir jadvalida ikkinchi bo'lib turibdi.



SHota Arveladze — 5ta o'yin: 3ta g'alaba, 1tadan durang va mag'lubiyat

“Paxtakor” Toshkent derbisida “Lokomotiv”ni taslim qila olmadi va “Buxoro”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mazkur jihatlar Arveladze nima sababdan davogarlar orasida bor degan savolni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo unutmaslik kerakki, aprel oyi yakunlariga ko'ra “Paxtakor” turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarilib oldi. Ayniqsa, “Navbahor” ustidan qozonilgan g'alaba klub uchun qadrli bo'ldi.



No'mon Hasanov — 5ta o'yin: 1ta g'alaba va 4ta durang

“Qo'qon-1912” aprel oyida haqiqiy raqobatbardosh klub bo'la oldi. Yani, qo'qonliklarni mag'lub etadigan klub topilmadi. Vaholanki, kuchli raqiblar bor edi. Hasanov jamoasi Toshkentda “Lokomotiv”ni 2 ochkodan mosuvo qildi, shuningdek, “Nasaf” bilan durang o'ynadi. Aprelning so'nggi kunida esa “Bunyodkor” taslim etildi.



Sergey Lushan — 4ta o'yin: 2ta g'alaba, 1tadan durang va mag'lubiyat

Lushchangacha “So'g'diyona”ning ishlari yurishmayotgandi. Uning kelishi esa jizzaxliklarni uyg'otgandek bo'ldi. “Navbahor” hamda “Nasaf” qanday mag'lub etilganini hamma ko'rdi. Ayniqsa, “Navbahor”ga qarshi o'yindagi kambek ancha chiroyli chiqdi. “Lokomotiv” bilan Toshkentdagi o'yinni inobatga olmasa, “So'g'diyona” aprel oyida anchagina o'sishga erishdi.



Andrey Fyodorov — 3ta o'yin: 2ta g'alaba va 1ta durang

Jizaxliklardan tashqari “Lokomotiv”da ham murabbiy almashdi. Fyodorov kelganidan keyin jamoa o'ziga o'xshashni boshladi. Toshkent derbisida “Bunyodkor” mag'lub etildi, “Paxtakor” bilan esa golsiz durang qayd etildi. Fyodorovgacha jamoa ketma-ket 5 ta turda g'olib chiqa olmagan bo'lsa, uning ilk o'yinida “So'g'diyona” taslim qilingandi.



Eslatma. Aprel oyining eng yaxshilariga Superliga klublari bosh murabbiylari hamda sardorlari ovoz beradi. SHuningdek, Championat.asia nashri muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazadi. Murabbiy va sardorlar ovoziga ko'ra eng yaxshilarga 1—3 ochko beriladi. Muxlislarning ovozi esa o'rniga qarab 2—6 ochkoga o'tadi.




Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика