So’nggi yangiliklar

19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  0 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  5 18:43Жароҳатлардан азият чекаётган "Арсенал" "Реал" ҳимоячисига кўз тикди  0 18:18"Андижон" Ўзбекистон U-21 терма жамоасини мағлуб этди  2 17:54"Пахтакор" "Риу Аве", "Ризеспор" ва "Кайсериспор" билан деярли бир қаторда — IFFHS  6 17:28Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!  37 17:06Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди  17 16:38U-23 Осиё Кубоги стадионлари  2 16:15Бир қоп картошка, сабзи, тухум ва 5 гб интернет  3 15:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  8 15:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ 2 ўйинида ишлайди  0 15:17"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 14:45Анчелоттининг ўғли "Ботафого" бош мураббийи лавозимини тарк этди  0 14:18Ўзбекистон U-17 терма жамоаси посбони "Нефтчи"да ўйнайди  2 13:53Расман: Ўткир Юсупов "Навбаҳор"га қайтди!  18

APLning o'tgan yozdagi eng omadli 5 transferi Yangiliklar

APLning o'tgan yozdagi eng omadli 5 transferi

Transferlar har doim ham omadli bo'lavermaydi. Hozir biz sizlar bilan Angliya Premer-ligasidagi omadli transferlar haqida to'xtalamiz.

5. DEVINSON SANCHEZ

Jamoa: "Ayaks"dan "Tottenxem"ga
Ligadagi natijalari: 27 o'yin
Transfer narxi: 40 mln evro

21 yoshli futbolchi "Ayaks" tarkibida chiroyli o'yin namoyish etdi. Oqibatda uning xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirdi va 40 mln evroga sotib oldi. Juda texnikali, kuchli, baquvvat va agressiv himoyachi.

Sanchez Yan Vertongen bilan yonma yon yaxshi o'yin ko'rsatdi, Tobi Alderveyrldning o'rnini bildirmadi. Angliya futbol associaciyasi uni bu mavsum APLning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb atadi.

4. ROMELU LUKAKU

Jamoa: "Everton"dan "Manchester Yunayted"ga
Ligadagi natijalari: 33 o'yin, 16 gol, 7 assistentlik
Transfer narxi: 84,7 mln evro

Belgiya futbolining yorqin vakillaridan biri "Manchester Yunayted"ning asosiy hujumchisiga aylandi. U yangi jamoasi tarkibida ko'plab gollar urgan bo'lsa-da, katta tanqidlarga uchradi.

U shuningdek, gollarga hammuallif bo'lishni ham eplamoqda. U bu mavsumda 16 gol kiritdi. Undan tashqari, "Old Trafford"da o'zining sobiq jamoalari "Everton" va "CHelsi"ga darvozasini aniq nishonga ola bildi. Lukaku hali yosh va "Yunayted" asosiy hujumchisi bo'la oladi.

3. KAYL UOKER

Jamoa: "Tottenxem"dan "Manchester Siti"ga
Ligadagi natijalari: 30 o'yin
Transfer narxi: 51 mln evro

U "Manchester Siti"ning chempionligida katta hissa qo'shdi. O'ng qanotda jangovor o'yin namoyish etdi, shuningdek, markazda ham ko'rinish berdi.

Uoker 21 golning yaralishida qatnashdi, shuningdek, 64 bora o'z qanotidan uyushtiriladigan hujumlarni qaytarishga erishdi.

Ixchamgina, kuchli va tezkor himoyachi. Ikki marta u oy ramziy terma jamoasidan o'rin olgani ham bejizga emas.

2. EDERSON

Jamoa: "Benfika"dan "Manchester Siti"ga
Ligadagi natijalari: 33 o'yin, 14 quruq o'yin, 2 penalti seyv, 54 seyv
Transfer narxi: 40 mln evro

Braziliyalik golkiper 40 mln evaziga "Manchester Siti" bilan shartnoma imzoladi. U jamoasining barcha uchrashuvida maydonga tushdi va dunyoda eng yaxshi darvozabon ekanligini isbotlashga harakat qilmoqda.

24 yoshli posbon bu mavsumda 14 uchrashuvda gol o'tkazib yubormadi va 2 marta penalti qaytarishga erishdi.

1. MUHAMMAD SALOH

Jamoa: "Roma"dan "Liverpul"ga
Ligadagi natijalari: 32 o'yin, 30 gol, 9 assistentlik
Transfer narxi: 42 mln evro

Kutilganidek, birinchi o'rin Muhammad Salohga tegishli. U 42 mln evro evaziga "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. SHuningdek, ligada 30 gol kiritdi va rekord o'rnatdi.

Ilk mavsumdayoq Saloh bir necha rekordlarni yangilab yubordi. 25 yoshli futbolchini to'xtatish qiyin bo'lmoqda. Uning o'yinlariga ortiqcha tarif berish shart emas. SHu boisdan ortiqcha tariflarsiz u birinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика