APLning ikki klubi Dembelega davogarlik qilmoqda
30 dek 2021 20:45
Yangiliklar
APLning ikki klubi Dembelega davogarlik qilmoqda
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabar qilishicha, APLning ikki klubi (taxminlarga qaraganda, "Nyukasl" va MYU) 24 yoshli franciyalik futbolchini kelasi yozda erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Qayd etilishicha, ular hujumchiga kerakli miqdordagi maoshni to'lay olishadi.
Avvalroq "Barselona" va Usmon Dembele 2022 yilning yoziga qadar hisoblangan amaldagi shartnomani uzaytirmasligi malum bo'lgandi.
Usmon joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 5 o'yinida qatnashib, gol urmadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar