APLning ikki klubi 120 million evrolik futbolchi uchun kurashadi
04 jan 2020 11:36
Yangiliklar


APLning ikki klubi 120 million evrolik futbolchi uchun kurashadi
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali tez orada Angliya klubiga o'tishi mumkin.
Futbolchiga ikkita bosh davogar - "Tottenxem" va "CHelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.
Kulibali London klublariga qimmatga tushadi. Sababi, Neapol klubi esa o'z himoyachisini 120 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, senegallik futbolchiga oldinroq "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirayotgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar