So’nggi yangiliklar

09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  6 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  6 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  1 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  1 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  1 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  1 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  3 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0

APLning badavlat sohiblari bilan tanishing Yangiliklar

APLning badavlat sohiblari bilan tanishing

Teglar :  APL
Quyida etiboringizga Angliya Premer-ligasi klublari sohiblari va ularning qancha boylikka ega ekanliklari borasida malumotlar berib o'tamiz.

10. Go Guanchan, “Vulverxempton” (3,5 mlrd. funt)

2016 yilning yozida Go Guanchanning Fosun International konglomerati “bo'rilar”ni xarid qildi. U katta sarmoya kiritishi oqibatida jamoa Premer-ligaga qaytdi. Ayni vaqtda chempionatda grandlarga yaxshigina boshog'riq bo'lmoqda. 

9. Todd Bouli, “CHelsi” (3,6 mlrd. funt)

SHu yilning may oyida Todd Boulining konsorciumi “CHelsi”ni sotib olish uchun 4,25 mlrd. funt sarfladi. 48 yoshli amerikalik biznesmen “CHelsi”dan tashqari “Los-Anjeles Dodgers” nomli beysbol va “Los-Anjeles Leykers” basketbol jamoalariga ham sarmoya kiritadi. 

8. Xansyorg Viss, “CHelsi” (4 mlrd. funt)

86 yoshli shveycariyalik biznesmen Xansyorg Viss ham Bouli bilan birgalikda «ko'klar”ning direktorlar kengashidan joy olgan. Diqqat qiling, boylarning cho'ntagini hisoblaydigan “Forbes” uni dunyodagi eng sahovatpesha kishilardan biri sifatida etirof etgan. Gap shundaki, Viss atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga 1 mlrd. dollar sarflashga vada bergan.

7. Daniel Kretinski, “Vest Xem” (4,1 mlrd. funt)

CHexiyalik huquqshunos Daniel Kretinski 2021 yil noyabr oylarida “Vest Xem”ning 27 foiz akciyasini sotib oldi. Bundan tashqari, u Praganing “Sparta” klubi hamsohibi va prezidenti hisoblanadi. 46 yoshli tadbirkor Sainburys klubi akciyalarining 10 foizini ham xarid qilgan. 

6. Josh Xarris, “Kristal Pelas” (4,3 mlrd. funt)

Bu biznesmen sport shaydosi deyish mumkin. 2017 yilda u “Kristal Pelas” sohibiga aylandi. Bundan tashqari, u “Filadelfiya 76ers” basketbol va “Nyu-Jersi Devilz” xokkey klublari egasi hisoblanadi. 

5. Jo Lyuis, “Tottenxem”  (4,3 mlrd. funt)

“Tottenxem”ning sohibi valyuta savdosi, ko'chmas mulk va mehmonxona biznesi tufayli boyib ketgandi. 85 yoshli qariya “taqachilar”ning akciyalar paketini 2001 yilda xarid qilgan. Keyinchalik esa o'zining ENIC Group kompaniyasi direktori Deniel Levini boshqaruv raisi lavozimiga tayinlagandi. Levi esa ancha mug'ombir rahbar ekani hech kimga sir emas.

4. Nassef Saviris, “Aston Villa” (5,8 mlrd.funt)

Diqqat qiling, misrlik eng badavlat Saviris “Forbes”da boyvachcha arablar ro'yxatining peshqadami hisoblanadi. 61 yoshli biznesmen amerikalik milliarder Ues Edens bilan hamkorlikda jamoani boshqarmoqda. Saviris “Nyu-York Kniks” basketbol, “Nyu-York Reynjers” hamda “Adidas” xokkey klublari egasi ham hisoblanadi. 

3. SHohid Xon “Fulxem” (5,9 mlrd. funt) 

Asosan avtomobil sanoati orqali boyib ketgan SHohid Xon 2013 yilda Muhammad al Fayyod rahbarlik qilayotgan “Fulxem”ni sotib oladi. 71 yoshli biznesmen qo'l olganidan keyin jamoa ancha yaxshi  moliyaviy holatga kelib qoldi. To'g'ri, orada jamoa CHempionshipda ham o'ynab ko'rdi. 

2. Sten Kroenke, “Arsenal” (8,8 mlrd. funt)

Amerikalik ko'chmas mulk va sport magnati Sten Kroenke 2018 yilda Alisher Usmonovning ulushini ham xarid qilib, klubning mutlaq sohibiga aylandi. Pulni sarflashni xush ko'rmas 74 yoshli Sten MLSning Colorado Rapids, MXLning Colorado Avalenche, MBAning Denver Niggets va Superkubokning amaldagi sohibi Los Angeles Rams jamoalariga ham egalik qilmoqda.

1. Lakshmi Mittal, “KPR” (13 mlrd. funt)

Hindistonlik Lakshmi Mittal Angliya futbolidagi eng badavlat shaxs. Bundan tashqari, u “Forbes” malumotlariga ko'ra, sayyoramizdagi badavlat kishilar ro'yxatida 102-o'rinni band etgan. Asosan po'lat magnati 2007 yilda do'stlari Berni Ekklstoun va Flavio Briatorelar bilan hamkorlikda Loftus Road bosh­qaruv kengashidan joy olgandi. Mittal otaliqni olganidan keyin jamoa Premer-ligada ham omadini sinab ko'rgandi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика