So’nggi yangiliklar

19:11CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Туркманистон (матнли трансляция)  3 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  29 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  22 18:33"Қайрат" – "Реал" учрашувига 4-5 минг сайёҳ келиши кутилмоқда  0 18:05"Қайрат"нинг Чемпионлар Лигасидаги ўйинлари Остонада ўтказилиши режалаштирилмаган  1 17:38"Астон Вилла" "Ливерпуль" хавбеки билан шартнома имзолади  3 17:10"Бавария" "Челси" ҳужумчисини ижарага олди  6 16:41"Комо" Деле Алли билан шартномани бекор қилди  0 16:14"Челси" Буонанотте трансферини расмийлаштирди  4 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  4 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  8 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0

APLda yaqin vaqtlarda amalga oshishi mumkin bo'lgan top-3 transfer Yangiliklar

APLda yaqin vaqtlarda amalga oshishi mumkin bo'lgan top-3 transfer

Transferlar oynasi ochilishiga ham oz qolmoqda. Biz shu borada gaplashamiz.

Angliyadagi muxlislar Salohning gollari va "Siti"ning chempionligi bilan mast bo'lib yurgan vaqtlarida "tumanli albion" jamoalarida katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Ertaga Angliyada transferlar oynasi ochilgani rasman malum qilinadi. Biz amalga oshishi mumkin bo'lgan 3 top-transfer haqida malumot beramiz.

RIYOD MAHREZ

"Lester" vingeri Riyod Mahrezni Angliyaning top-jamoalari o'z safida ko'rishni istayotgani aniq. U bir vaqtlar "Manchester Siti"ga o'ta olmay qoldi. "SHaharliklar" futbolchi uchun 65 mln evro to'lashga tayyor turganida, "tulkilar" rahbariyati bunga rozi bo'lmadi. Ular jazoirlikning transferidan 100 mln evro ishlab olishni istashgandi.

SHundan so'ng u yana "Lester" tarkibida o'ynashni davom ettirdi. Yakunlangan mavsumda u jamoaning etakchi futbolchisi ekanligini isbotladi.

Dubl. "Manchester Siti" yana Riyodni o'z tarkibiga qo'shib olish uchun harakatlarni boshladi. Endi bu hazilga o'xshamayapti. Jamoa uni transfer qilish uchun katta ishni bajarib qo'ydi. Endi uning Manchesterga ko'chib o'tishi deyarli aniqqa o'xshaydi.

ALEKS SANDRO

"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro Angliya kubogi doirasida "Manchester Yunayted" - "CHelsi" uchrashuvidan keyin "tumanli albion"ga ko'chib o'tishi mumkin.

O'tgan yozda aynan shu jamoalar braziliyalik futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishni istashgandi. Yakunda "aristokratlar" "Roma"dan Emerson bilan kuchayishdi. MYUda esa chap qanotda futbolchi kam. Mourino faqatgina Eshli Yangga ishonch bildirmoqda. Biroq u har doim ham yuqori darajada o'yin ko'rsata olmayapti. Lyuk SHou faqatgina rotaciyada ishlatilmoqda. Deyli Blind esa deyarli o'ynamayapti.

Sandro "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi. SHuningdek "Yunayted" yana bir necha futbolchilarni sotib olishi kutilmoqda. Biroq shularning orasida Sandroning transferi amalga oshishi ehtimoli eng yuqorisi.

JAN MIKAEL SERI

Serining qay tarzda "Barselona"ga o'ta olmay qolganini barcha eslasa kerak. Transfer amalga oshay deb turganida barchasi bekor bo'ldi.

Tomonlar ayrim masalalarni kelisha olmay qolishdi. Yaqin kunlarda Seri jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda. Franciya manbalariga ko'ra, unga asosiy davogar sifatida "Arsenal" ko'rsatilmoqda. Aynan u "kanonirlar"ning markazdagi muammolarini yopib bera oladi.

So'nggi vaqtlarda xavbek "Nicca"ning etakchilaridan biri bo'lmoqda. Agarda "Arsenal" uni xarid qiladigan, shak-shubhasiz bu foydali transfer bo'ladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика